fbpx
Batafsil fotoretsept: «Ptiche moloko» torti

Batafsil fotoretsept: «Ptiche moloko» torti

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Suflesiga:

  • Glazuriga:

Yo’nalishlar

Bizlar ko’pchilikning sevimli tortlaridan biri sanalmish, «Ptiche moloko» tortini ilk marotaba pishirib ko’rdik va u biz kutgandan ham ortiqroq natijani berdi.

Bunday tortni pishirishni sizlarga ham tavsiya qilamiz.

Tayyorlaniladigan tortga taxminan 53 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
140 gramm un
100 gramm shakar
110 gramm yumshatilgan sariyog'
2 ta tuxum
bir chimdim tuz
1 choy qoshiq vanilin
Suflesiga:
4 ta tuxum oqi
200 gramm shakar
15 gramm jelatin
100 millilitr sut
100 gramm sariyog'
150 gramm quyultirilgan sut
Glazuriga:
180 gramm qora shokolad
60 gramm sariyog'
50 millilitr sut
Qadam 1
Tugallandi

Kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Xona haroratidagi sariyog'ni shakar bilan aralashtiramiz, bittadan tuxum, ustidan tuz va vanilinni solib, yaxshilab aralashtirib olammiz.

Qadam 3
Tugallandi

Unni elab solamiz va xamir qoramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamir silliq holga kirgunicha aralashtiramiz va aylanasi 20-22 sm li qolipga solib, 180 С haroratda qizdirilgan gaz pechida 20 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Pishgan xamirni qolipdan olmay sovutamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Sufle

Jelatinni sutga taxminan 20 daqiqa ivitib qo'yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xona haroratidagi sariyog'ni yaxshilab ko'pirtiramiz.

Quyultirilgan sutni solib, aralashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tuxum oqini shakar bilan yasxshilab ko'pirtirib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tuxum oqini ehtiyotkorlik bilan sariyog'li aralashma bilan aralashtirib olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Gaz pechiga jelatinni qo'yib qizdirib olamiz. Muhim! Jelatin qaynab ketmasligi kerak.

Erigan jelatinni uxum oqiga solamiz va aralashtiramiz.

Qadam 10
Tugallandi

Hosil bo'lgan massani pishgan xamir ustidan quyamiz, ustini tekislab olib, 5 soat yoki bir kechaga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Tort yaxshilab qotganidan so'ng shokoladli glazurni tayyorlab olamiz.

Sariyog', sut va shokoladni eritib olamiz va suv bug'iga qo'yib yoki mikroto'lqinli pechda eritib olamiz.

Aralashtirib olamiz va tortni ustidan quyamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Glazur qotganidan so'ng tortni qolipdan ajratamiz va ustini xohishga qarab bezatamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 6 soat
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 180

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
140 gramm un
100 gramm shakar
110 gramm yumshatilgan sariyog'
2 ta tuxum
bir chimdim tuz
1 choy qoshiq vanilin
Suflesiga:
4 ta tuxum oqi
200 gramm shakar
15 gramm jelatin
100 millilitr sut
100 gramm sariyog'
150 gramm quyultirilgan sut
Glazuriga:
180 gramm qora shokolad
60 gramm sariyog'
50 millilitr sut
oldingi
Videoretsept: bulgur va turshak qo’shib tayyorlanilgan tovuqli rulet
keyingi
To’ldirilgan shampinyonlar

3 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.