fbpx
Quymoq va sabzavotlardan tayyorlanilgan tort

Quymoq va sabzavotlardan tayyorlanilgan tort

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Ba’zan go’shtsiz, lekin juda mazali yegulikdan tayyorlashni isteb qolamiz. Ana shunday paytda quymoqlardan tayyorlaniladigan tort sizga yordamga keladi.

Bu yegulik yengil bo’lib, chunki uni tayyorlashda smetanadan foydalanganmiz.

Quymoqlarni qanday tayyorlashni esa bu yerga o’tib bilib oling.

Masalliqlar:

Portsiya:
14 dona quymoq
200 gramm yangi chiqqan karam
200 gramm qizil sabzi
4 ta tuxum
300 gramm shampinyon
1 dona bodring
bir nechta shivit
300 gramm smetana
ta'bga qarab tuz
1 choy qoshiq limon sharbati
3 osh qoshiq zaytun moyi
5 osh qoshiq o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Quymoqlarni yuqorida ko'rsatilgan tugmani bosib tayyorlab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tortga kerakli barcha masalliqlarni tayyorlab olamiz,

Qadam 3
Tugallandi

Karamni yupqa to'g'raymiz.

Bodringni ham yupqa, faqat yarim oy shaklida to'g'raymiz.

Shivitni ham mayda to'g'rab, hammasini bitta idishag solamiz. Ustidan zaytun moyi va tuzni solib, qo'lda aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Sabzini qaynatib pishirib olamiz.

Sovutib, qirg'ichdan chiqarib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qovoqchani yupqa parrak qilib to'g'rab olamiz va ozroq yog' solingan tovada qovurib olamiz.

Tuz sepib aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tuxumni qaynatib, so'ng qirg'ichdan chiqarib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tog'orachaga smetanani solamiz, ustidan tuz sepib, limon sharbatini ham solamiz.

Smetanali aralashmani mikserda 2-3 daqiqa ko'pirtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Qo'ziqorinni ham yupqa to'g'rab, tovada qovurib olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Tortni yig'ish

Likopga quymoqni qo'yamiz, ustidan smetana surtib karamni yarmini, so'ng yana quymoq, smetana, sabzining yarmini
Quymoq
Smetana
Sabzining qolgan yarmi
Qo'ziqorinning yarmi
Quymoq
Smetana
Половина яиц
Quymoq
Qovoqchaning yarmi
Quymoq
va shu tartibda yana bir bor terib chiqamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Hosil bo'lgan tortni kesib, iste'mol qilamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 2 soat
  • Portsiya 8
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
14 dona quymoq
200 gramm yangi chiqqan karam
200 gramm qizil sabzi
4 ta tuxum
300 gramm shampinyon
1 dona bodring
bir nechta shivit
300 gramm smetana
ta'bga qarab tuz
1 choy qoshiq limon sharbati
3 osh qoshiq zaytun moyi
5 osh qoshiq o'simlik yog'i
oldingi
Qovoqchadan pishirilgan shirin keks
keyingi
Videoretsept: bulgur va turshak qo’shib tayyorlanilgan tovuqli rulet

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.