Meksikancha grillda pishirilgan makkajo’xori
Masalliqlar:
-
4 ta yangi uzilgan makkajo'xori
-
40 gramm sariyog'
-
1 bog' kashnich
-
2 choy qoshiq tuz
-
1-2 choy qoshiq Tabasco qaylasi
-
2 choy qoshiq zira
-
2 choy qoshiq qora murch
-
2 choy qoshiq limon sharbati
Yo’nalishlar
Grillda pishirilgan juda mazali makkajo’xorilar keng do’stlar davrasida yig’ilganda ayni muddao bo’lishi aniq.
Aslida meksikancha bo’lgan bu taom butun dunyoda tayyorlaniladi.
Taomning tayyorlanilishiga taxminan 15 000 so’m pul sarflaysiz.*
*narxi manab chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
4 ta yangi uzilgan makkajo'xori | |
40 gramm sariyog' | |
1 bog' kashnich | |
2 choy qoshiq tuz | |
1-2 choy qoshiq Tabasco qaylasi | |
2 choy qoshiq zira | |
2 choy qoshiq qora murch | |
2 choy qoshiq limon sharbati |
Piyolachaga eritilgan sariyog', zira, murch, Tabasko qaylasi, mayda to'g'ralgan kashnich, limon sharbati va tuzni solib aralashtiramiz.
Aralashmani yarmini makkajo'xoriga surtib chiqamiz.
Makkajo'xorini qizigan grill yoki gaz pechida 20-30 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Agar gaz pechida pishirmoqchi bo'lsangiz, unda uni zar qog'ozga o'rab pishiring.
Grillda pishirayotganda har zamon ularni ag'darib turing.
Dasturxonga tortayotganda qolgan qaylani hammasini ustidan quying. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
4 ta yangi uzilgan makkajo'xori | |
40 gramm sariyog' | |
1 bog' kashnich | |
2 choy qoshiq tuz | |
1-2 choy qoshiq Tabasco qaylasi | |
2 choy qoshiq zira | |
2 choy qoshiq qora murch | |
2 choy qoshiq limon sharbati |