fbpx
Quymoqli tort

Quymoqli tort

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Har bir uy bekasi mazali taomlar pishirib, yaqinlarini xursand qilgisi kelishi tabiiy. Ammo buning uchun har doim yangicha g’oyalar topish oson emas.

Shu sabab ham Zira sizlarga ko’maklashadi. Quymoqlardan tayyorlaniladigan tort siz uchun yangicha taom bo’lsa ajab emas. Quymoqlarni qanday pishirishni, siz bu yerda ko’rishingiz mumkin.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 22 000 so’m sarflaniladi.*

*mahsulot narxi uni chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

25 dona quymoq
500 gramm smetana
400 garmm qaymoqli suzma
50 gramm shakar upasi
100 gramm gilosdan tayyorlanilgan pyure
Qadam 1
Tugallandi

Quymoqlarni xuddi yuqoridagidek yoki boshqa usulda pishirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Smetana va shakar uppasini ko'pirtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Suzmani solib, bir necha soniya ko'pirtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Gilosni danagidan ajratib, o'zini blenderda maydalaymiz.

G'alvirga solib, sharbatini siqib tashlaymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Kremning 1/3 qismini olib, gilosli pyure bilan aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Quymoalarni bitta-bitta likopchaga solib, avval 3 qavatiga oq kremdan, so'ng gilosli krem, keyin yana 3 qavatiga oq kremdan surtib chiqamiz. Shu holatda kremlasrni surtib chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Eng oxirgi ustiga oq kremdan surtasmiz va ustini xohishga qarab bezatamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

25 dona quymoq
500 gramm smetana
400 garmm qaymoqli suzma
50 gramm shakar upasi
100 gramm gilosdan tayyorlanilgan pyure
oldingi
Tovuq va qo’ziqorinli «Alfredo» Fettuchini taomi
keyingi
Videoretsept: Shokoladli keks

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.