fbpx
Detoks ichimligi: Qulupnay va yalpiz

Detoks ichimligi: Qulupnay va yalpiz

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Suv organizm uchun juda foydali bo’lib, sabzavotlar, mevalar va har xil ko’katlar bilan esa ikki karra foydaliroqdir. Agar oddiy suvga birozgina maza kiritsak, suvning kunlik me’yrini ichish osonroq bo’lar edi.

Bunday ichimlik issiq kunlarda teri va sochlarni namlantirib, organizmdagi ortiqcha zararli moddalarni chiqarib tashlaydi.

Qulupnay rezavor mevalar ichida eng xushbo’y, mazali va foydalisidir! U antioksidantlar va vitaminlarga boy bo’lib, erta qarishni va har xil kasalliklarni oldini oladi.

Ichimlikka taxminan 4 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

750 millilitr toza ichimlik suvi
15 ta yalpiz yaproqchalari
6 dona qulupnay
yarimta limon
1/4 choy qoshiq dolchin
1/4 qismi olma
Qadam 1
Tugallandi

Qulupnay, limon va olmani yupqa parrak qilib to'g'rab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Grafinga barcha mevalarni, yalpiz yaproqchalarini va dolchinni solamiz, ustidan iliq toza ichimlik suvi quyamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qopqog'ini yopib, 40-60 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz. Bunday mazali suvni kun bo'yi ichib yurishingiz mumkin! Sovutgichda bir kecha-kunduzdan ortiq saqlamang.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

750 millilitr toza ichimlik suvi
15 ta yalpiz yaproqchalari
6 dona qulupnay
yarimta limon
1/4 choy qoshiq dolchin
1/4 qismi olma
oldingi
Qulupnayli brauni
keyingi
Videoretsept: Grissinlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.