fbpx
Qulupnayni to’g’ri muzlatish

Qulupnayni to’g’ri muzlatish

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Afsuski, ha demay qulupnaylar mavsumi ham tugab qoladi. Biz bekajonlar esa bunday mazali rezavor meva bilan aslo xayrlashgimiz kelmaydi.

Qulupnayning foydali xususiyatlarini yo’qotmasdan qishga g’amlab qo’yish usuli bu uni muzlatib qo’yish sanaladi.

Maydalanib, shakar bilan aralshtirib qo’yiladigan qulupnay pishiriqlar pishirishda, quymoqlarga solishda yoki o’zini iste’mol qilishda juda qo’l keladi.

Tayyorlaniladigan bu shirinlikka taxminan 9 000 so’m sarflaymiz.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

1 kilo qulupnay
500 gramm shakar
Qadam 1
Tugallandi

Qulupnayni sovuq suvda yuvib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qo'lda yoki pichoq yordamida dumchalarini uzib tashlaymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qulupnaylarni blender idishiga solamiz, ustidan shakar sepib, yaxshilab maydalaymiz.

Oxirigach maydalashingiz, yoki biroz butunligicha qoldirishingiz ham mumkin.

Shakarni qancha solishni ham ta'bingizdan kelib chiqqan holda belgilashingiz mumkin.

Qadam 4
Tugallandi

Aralshmani konteynerlarga solib, qopqog'ini yopamiz va muzlatgichga olib qo'yamiz.

Bunday usul keng muzlatgich sohibalariga to'g'ri keladi.

Qadam 5
Tugallandi

Agarda sizning muzlatkichingiz kichkina bo'lsa, lekin siz juda ham qulupnaydan muzlatib qo'yishni xohlasangiz, unda "zip-lok" usulida yopiladigan yelim paketchalardan foydalanishingiz mumkin.

Bunday paketlarni poytaxtimizdagi ko'pgina supermarketlardan topishingiz mumkin.

Qadam 6
Tugallandi

Ezilgan qulupnaylarni paketlarga solamiz, ortiqcha havosini chiqarib, uchini yopib qo'yamiz.

Muzlatgichga solib qo'yamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Muzlatilgan qulupnaylarni eritish uchun, ularni 1-2 soat xona haroratiga qo'yish yetarli.

Bunday muzlatilgan qulupnaylarni muzlatgichda 12 oygacha saqlash mumkin.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 kilo qulupnay
500 gramm shakar
oldingi
Ayron
keyingi
Videoretsept: Turkcha pide

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.