fbpx
Limonad

Limonad

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Limonad yoz faslida eng sevib ichiladigan ichimliklardan biridir. Yorqin rangli, nordongi ta’mli bu ichmlik bilan jazirama yoz sizga qo’rquv solmaydi. Bu ichimlikni uyda tayyorlash sirini sizlarga ham oshkor qilamiz.

Limonad chanqoqni yaxshi bosib, vitaminlar bilan organizmni boyitadi.

Masalliqlar:

120 + 700 millilitr suv
100 gramm shakar
4 ta limon limon
1 bog' yalpiz yaproqchalari
180 millilitr limon sharbati
Qadam 1
Tugallandi

Kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz. Limonning uchtasini po'stiini qirg'ichdan chiqarib, sharbatini ham siqib olamiz. 1 ta limon bezatishda kerak bo'ladi.

Qadam 2
Tugallandi

120 millilitr suv bilan shakarni kichikroq qozonchaga solamiz, gaz plita ustiga qo'yib, shakar erigunga qadar aralashtiramiz. So'ng 5 daqiqa chetga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Shakarli qiyom ichiga limon po'stini solib, 30 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

So'ng qiyomni g'alvirdan o'tkazib, grafinga solamiz. Ustidan 700 ml suv va limon sharbatini solib aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Ta'bga qarab yalpiz yaproqchalari va muz bo'lakchalaridan ham solish mumkin. Limon bo'lakchalari bilan bezating va dasturxonga torting.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

120 + 700 millilitr suv
100 gramm shakar
4 ta limon limon
1 bog' yalpiz yaproqchalari
180 millilitr limon sharbati
oldingi
Mevali nayskrim
keyingi
Porey piyozi solib pishirilgan pirog

2 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.