fbpx
Qulupnayli murabbo

Qulupnayli murabbo

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Qulupnalar chiqqan mavsumda undan murabbo tayyorlab olishga ulguring. Murabbo mazali va chiroyli chiqishi uchun esa ba’zi bir narsalarga e’tibor qaratishingiz lozim bo’ladi.

Biz ham qulupnayli murabbo tayyorladik, retsepti bilan esa hoziroq bo’lishamiz.

Murabbo tayyorlashga taxminan 15 000 so’m sarflaysiz.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

1 kilo qulupnay
1 kilo shakar
2 osh qoshiq limon sharbati
Qadam 1
Tugallandi

Qulunayni dumchalaridan ajratib, yaxshilab yuvib olamiz.

Murabbo uchun iloji boricha kichikroq qulupnaylardan foydalanamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qulupnaylarni sirlangan tog'oraga solib, ustidan shakar sepamiz va 4-6 soatga qoldiramiz.

Bu vaqt mobaynida u sharbatini ajratib chiqaradi.

Qadam 3
Tugallandi

So'n tog'oracjani past olovga qo'yib, qaynash darajasiga yetkazamiz. Tagi olmasligi uchun har zamon aralashtirib turamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Murabbo qaynashni boshlagan zahoti, unga limon sharbatini solamiz va qoshiq bilan aralashtiramiz.

Limon sharbati murabboni me'daga tegishini oldini oladi.

Qadam 5
Tugallandi

Qaynash boshlanganidan so'ng murabboni 5 daqiqa qaynatasiz, bunda muntazam ustidagi ko'pikni olib turamiz.

Qadam 6
Tugallandi

So'ng murabboni chetga olib sovutamiz va ustini dasturxon yoki sochiq bilan yopib qo'yamiz.

Murabboni oxirigacha soviguniga qadar, taxminan 10 soat qoldiramiz.

Muhim! Murabboni 3 marta 5 daqiqadan qaynatib olamiz. Bu qulupnaylar o'z shaklini yo'qotmay, pyurega aylanmasligi uchun qilinadi.

Qadam 7
Tugallandi

Murabbo uchinchi marotaba 5 daqiqa qaynaganidan so'ng, uni sterillangan bankaga solamiz va qopqog'ini yopamiz.

Murabboni qorong'u va salqin joyda saqlang.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 kilo qulupnay
1 kilo shakar
2 osh qoshiq limon sharbati
oldingi
Olmali pirog
keyingi
Lavashdan tayyorlanilgan mazali pishiriq

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.