fbpx
Jeymi Oliverdan sabzavotli tartaletkalar

Jeymi Oliverdan sabzavotli tartaletkalar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bosh oshpaz pishirgan ishtahaochar bu tartaletkalarni piknikda tayyorlab, uni haqiqiy bayramga aylantirishi aniq!

Xamir qorishda ko’p vaqtni yo’qotmaslik uchun tayyor xamirdan foydalanamiz.

Retseptda ko’rsatilgan masalliqlar miqdoridan 12-16 tartaletkalar hosil bo’ladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 15 000 so’m.*

*narxlar maqola taqdim etilgan vaqtdagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

400 gramm tayyor qatlamali oshirma xamir
4 osh qoshiq ketchup
3 ta pomidor
6 dona shampinyon
1 ta qovoqcha
1 ta bulg'or qalampiri
2 osh qoshiq zaytun moyi
70 gramm qattiq pishloq
bir nechta yashil rayhon yaproqchalari
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga qarab tuz
Qadam 1
Tugallandi

Qatlamali xamirni xona haroratida eritib olamiz.

Un sepib, xamirni yoyib olamiz va 10 х 10 sm kattalikdagi to'rtburchaklar kesib chiqamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Sabzavotlarni yuvib olamiz.

Qo'ziqorin, qovoqcha, bulg'or qalampiri va pomidorni aylana qilib to'g'rab olamiz.

Sabzavotlarni tog'orachaga solib, ustidan zaytun moyi solamiz.

Tuz, maydalangan sarimsoqpiyoz, mayda to'g'ralgan rayhonni solib aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Kesilgan xamirlarni o'rtasiga ketchup surtib chiqamiz.

O'rtasiga sabzavotli aralashmalardan solib, ustidan pishloqni qirg'ichdan chiqarib sepamiz.

Qadam 4
Tugallandi

So'ng 15–20 daqiqa 180 C da gaz pechida pishirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Ko'katlar sepib, dasturxonga tortamiz.

Bu tartaletkalar juda mazali, shu bilan birga foydali hamdir.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

400 gramm tayyor qatlamali oshirma xamir
4 osh qoshiq ketchup
3 ta pomidor
6 dona shampinyon
1 ta qovoqcha
1 ta bulg'or qalampiri
2 osh qoshiq zaytun moyi
70 gramm qattiq pishloq
bir nechta yashil rayhon yaproqchalari
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga qarab tuz
oldingi
Praga torti
keyingi
Sarimsoqpiyoz va limon qo’shib qovurilgan qovoqchalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.