Videoretsept: Kotletlar
Masalliqlar:
-
300 gramm mol go'shtidan qiyma
-
150 gramm piyoz
-
100 gramm qizil sabzi
-
100 gramm kartoshka
-
2 ta non bo'lagi
-
50 millilitr sut
-
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
1 ta tuxum
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
1 stakan maydalangan suxari
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Mol go’shtidan tayyorlanilgan kotletlar, ko’pchilikning sevimli taomi sanaladi.
Kotletlarni tayyorlash unchalik ham qiyin emas, faqatgina qiyma, bir-necha sabzavotlar va eng asosiysi mehr bilan pishirish!
Quyidagi masalliqlardan 10-12 ta kotletlar hosil bo’ladi.
Masalliqlar:
300 gramm mol go'shtidan qiyma | |
150 gramm piyoz | |
100 gramm qizil sabzi | |
100 gramm kartoshka | |
2 ta non bo'lagi | |
50 millilitr sut | |
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 ta tuxum | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
1 stakan maydalangan suxari | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
Qiymani yaxshilab to'mtoqlab olamiz ya'ni olib qo'limizda olib uramiz,
Sarimsoqpiyoz va barcha sabzavotlarni oshxona kombaynida maydalaymiz yoki qirg'ichning mayda tishchasidan chiqaramiz va qiymaga qo'shamiz.
Nonni sutga ivitib olamiz va qiymaga qo'shamiz.
Bitta tuxumni chaqib solamiz.
Tuz va murch sepamizda, yaxshilab aralashtirib olamiz.
Qiymali aralashmadan kotletchalar yasab olamiz.
Hozirgi masalliqlardan 12 dona kotlet hosil bo'ladi.
Ularni maydalangan suxariga belab olamiz va qizdirilgan tovaga yog' sollib, har bir tomonidan 4-5 daqiqa davomida qizartirib olamiz.
So'ng ustidan suv solib,10 daqiqa dimlab pishiramiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
300 gramm mol go'shtidan qiyma | |
150 gramm piyoz | |
100 gramm qizil sabzi | |
100 gramm kartoshka | |
2 ta non bo'lagi | |
50 millilitr sut | |
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 ta tuxum | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
1 stakan maydalangan suxari | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
3 Sharhlar Hide Comments
Yaxshi
Manga juda yoqdi. O’qib chiqdim. Lekin hali pishirmadim. Chunki uyda emasman
Yaxshiu tartibda va chunarli qilib yozilgan. Man TKTI 3 kurs talabasiman oshpazlik va turizm sohasida o’qiman. saytdan ko’p narsalar qariman. kotletni ertaga instutda pishirib ko’raman