fbpx
  • Asosiy
  • Ziravorlar va asal qo’shib pishirilgan tovuq
Ziravorlar va asal qo’shib pishirilgan tovuq

Ziravorlar va asal qo’shib pishirilgan tovuq

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Ziravorlar va asal qo’shib tayyorlaniladigan bugungi tovuqli taomimiz, sizdan juda oz miqdordagi masalliqlarni talab qiladi. Tayyorlanilishi ham osonligi sabab, u sizning ishonchli retseptingizga aylanishi aniq.

Ammo bu taom oson tayyorlanilishiga qaramay, ta’mi siz tasavvur eta olmaydigan darajada juda mazali chiqadi.

Aytgancha, zarchava juda foydali ziravorlardan biri sanaladi. Zarchava shamollashga qarshi va antioksidant ajoyib vosita bo’lib, u murakkab oshqozon-ichak kasalliklarida juda foydali sanaladi. Hindistonda zarchavadan kuchli qon tozaluvchi mahsulot sifatidan foydalaniladi. Zarchava qo’shib pishirilgan taomlar va ichimliklar organizmni toksinlardan tozalaydi va hujayralarni yoshartiradi.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 16 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm tovuq go'shti (lahm)
5 gramm zanjabil
10 gramm zarchava kurkuma
15 gramm sedana
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
2 osh qoshiq asal
ta'bga qarab qora murch
4 osh qoshiq soya qaylasi
4 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
Qadam 1
Tugallandi

Tovuq go'shtini yuvib, o'rtacha bo'laklarga bo'lamiz, ustidan zanjabil, zarchava sepamiz, soya qaylasini ham solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Sarimsoqpiyozni mayda to'g'rab, tovuq ustidan solamiz.

Aralashtirib, 30 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qozonchga o'simlik yog'i va asalni solib qizdiramiz.

Asal erishni boshlaganida aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ustidan tovuqni solib, tillarangga kirgunicha qovuramiz.

Tayyor bo'lishiga ikki daqiqa qolganda, sedanadan sepamiz, yana ozroq qovuramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qaynatilgan guruch yoki kartoshkali pyure bilan dasturxonga tortamiz.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 60 daqiqa
  • Portsiya 8
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm tovuq go'shti (lahm)
5 gramm zanjabil
10 gramm zarchava kurkuma
15 gramm sedana
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
2 osh qoshiq asal
ta'bga qarab qora murch
4 osh qoshiq soya qaylasi
4 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
oldingi
To’ldirilgan shampinyonlar
keyingi
Tvorogli dip

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.