fbpx
Zar qog’ozda pishirilgan italyancha tovuqli taom

Zar qog’ozda pishirilgan italyancha tovuqli taom

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Italyancha taomlar tayyorlanish jarayonida barcha mahsulotlarining ta’mi saqlanib qolishi va ba’zi ziravorlar bilan esa ularning ta’mi yanada boyitilishi bilan dunyoning boshqa oshxonalaridan ajralib turadi.

Zar qog’ozda pishiriladigan bu tovuq va sabzavotli taomning oson tayyorlanilishi, mazasi va kaloriyasining kamligi sabab ham, bolalar ham, parhez tutuvchi insonlar ham bemalol iste’mol qilishlari mumkin.

Quyidagi masalliqlar ikki kishilikka mo’ljallanilgan bo’lib, bir kishilik miqdorining ozuqaviy qiymati 223 kKalni tashkil qilib, ulardan 9,9 grammini yog’lar, 22,4 grammini oqsillar, 12,5 grammini esa uglevodlar tashkil qiladi.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 28 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

 

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta tovuq filesi
100 gramm brokkoli karami
100 gramm har xil rangli bulg'or qalampiri
1 dona qovoqcha
3 dona pomidor
1-2 ta piyoz
ta'bga qarab tuz va murch
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
Qadam 1
Tugallandi

Gaz pechini 205 C darajaga yoqib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tovuq go'shtini 2,5x2,5 sm kattalikda to'g'rab olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qovoqchani parrak qilib to'g'raymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Brokkoli karamini ham bo'laklarga bo'lib chiqamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Bulg'or qalampirlarini xohlagan kattalikda to'g'raymiz.

Qadam 6
Tugallandi

Pomidorlarni po'stini archib, to'rtburchak qilib to'g'rab olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Piyozni to'rtga bo'lib, yupqa qilib to'g'rab olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Katta tog'oraga barcha masalliqlar va ziravorlarni solib, yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Folgadan konvert tayyorlab olamiz:
Folgani 30x30 sm kattalikdankesib chiqamiz. O'rtasidan teng ikkiga bo'lib buklaymiz, yarim qismiga aralashmadan solamiz va qolgan yarmi bilan ustini yopamiz. Avval ustki va pastki tomon uchini ikki marotaba buklaymiz. So'ng ikkita yon tomonini ham xuddi shunday qilib yaxshilab buklasak, taomning sharbati oqib ketmaydi va sersuv bo'lib pishadi.

Qadam 10
Tugallandi

Konvertlarni gaz patnisiga terib, 30 daqiqa davomida gaz pechida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 40 daqiqa
  • Portsiya 2
  • Oddiy
  • 205 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta tovuq filesi
100 gramm brokkoli karami
100 gramm har xil rangli bulg'or qalampiri
1 dona qovoqcha
3 dona pomidor
1-2 ta piyoz
ta'bga qarab tuz va murch
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
oldingi
Qozon kabob
keyingi
«Rafaello» salati

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.