fbpx
Yong’oq va rezavor mevalar bilan muzlatilgan yogurt

Yong’oq va rezavor mevalar bilan muzlatilgan yogurt

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Shirinliklar nafaqat mazzali, balki foydali ham bo’lishi mumkin. Ushbu oson va salqinlashtiruvchi shirinlik uchun atigi bir nechta masalliq kerak bo’ladi. Eng qiyini – muzlab tayyor bo’lishini kutish. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 25 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
350 millilitr qo'shimchalarsiz yogurt
2 osh qoshiq asal
50 gramm malina
30 gramm tozalangan pista
3 ta kivi bo'laklari
Qadam 1
Tugallandi

Chetlari baland qolipga pergament qog’ozi solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Idishda yogurt bilan asalni aralshtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Asalli yogurtni qolipga quyib tekkislaymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ustiga malina, kivi, pista, yoki o’zingiz istagan meva va yong’oqlarni, qo’yib bezatamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Muzlatgichga, yogurt qatiguncha, 3-4 soatga qo’yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tayyor shirinlikni bo’laklarga kesamiz.
Muzlatgichda saqlaymiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 3 soat
  • Portsiya 6
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
350 millilitr qo'shimchalarsiz yogurt
2 osh qoshiq asal
50 gramm malina
30 gramm tozalangan pista
3 ta kivi bo'laklari
oldingi
Batafsil fotoretsept : o’rik qo’shilgan tvorogli pirog
keyingi
Videoretsept: «Napoleon» torti

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.