Yasmiqli krem-sho’rva
Masalliqlar:
-
300 gramm qizil yasmiq doni
-
1 bosh piyoz
-
1 ta pomidor
-
1-2 osh qoshiq pomidor pastasi
-
1 ta qizil sabzi
-
1,5 litr suv yoki bulyon
-
1-2 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
-
1-2 shoxcha yalpiz
-
1 tishcha sarimsoqpiyoz
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
qovurish uchun sariyog'
-
tortish uchun smetana
Yo’nalishlar
Bir vaqtning o’zida ham to’yimli, ham foydali sho’rva tayyorlashni bilasizmi? Bilmasangiz, unda bugun birgalikda yasmiqli krem sho’rva tayyorlaymiz. Bu sho’rva boshqa sho’rvalarga nisbatan juda tez tayyorlanilishi bilan ajralib turadi.
Bu taomga ishlatiladigan asosiy masalliq – qizil yasmiq doni bo’lib, bu mahsulotni hozir xohlagan do’kon-u bozorlardan topishingiz mumkin. Ayniqsa, kichik yoshdagi bolajonlar uchun ham bu ajoyib taom bo’la oladi.
Masalliqlar:
300 gramm qizil yasmiq doni | |
1 bosh piyoz | |
1 ta pomidor | |
1-2 osh qoshiq pomidor pastasi | |
1 ta qizil sabzi | |
1,5 litr suv yoki bulyon | |
1-2 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
1-2 shoxcha yalpiz | |
1 tishcha sarimsoqpiyoz | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
qovurish uchun sariyog' | |
tortish uchun smetana |
Piyoz va sabzini mayda to'rtburchak shaklda to'g'raymiz.
Tovada yoki qozonda sariyog'ni eritib, piyoz va sabzini qovuramiz va ustidan paprika solamiz.
O'simlik yog'idan foydalansa ham bo'ladi, lekin sariyog' bilan taomimizning ta'mi mayinroq chiqadi.
Yasmiq donini sovuq suvda yaxshilab yuvamiz.
Yasmiq donini sabzavotlarning ustiga solamiz va ular bilan birga qovuramiz. So'ng ustidan qaynagan suv yoki bulyon quyamiz.
Bulyonni qaynash darajasiga keltiramiz va tuzini rostlaymiz.
10 daqiqa o'rta olovda qaynatamiz.
Pomidorlarni po'stidan tozalaymiz, to'rtburchak shaklda to'g'rab sho'rvaga solamiz.
Shu bosqichda maydalangan sarimsoqpiyoz va murchni solamiz.
Yana 10 daqiqa qaynatamiz.
10 daqiqadan so'ng qozonni gaz plita ustidan olamiz ichiga yalpiz yaproqchalarini solib, 10 daqiqa qopqog'ini yopib qo'yamiz.
So'ng yalpizni olamiz va sho'rvani blender yordamida pyure holatiga keltiramiz.
Taomni idishlarga quyib, smetana va ko'katlar bilan birga tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
300 gramm qizil yasmiq doni | |
1 bosh piyoz | |
1 ta pomidor | |
1-2 osh qoshiq pomidor pastasi | |
1 ta qizil sabzi | |
1,5 litr suv yoki bulyon | |
1-2 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
1-2 shoxcha yalpiz | |
1 tishcha sarimsoqpiyoz | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
qovurish uchun sariyog' | |
tortish uchun smetana |