Yangi kartoshka va gulkaramdan taom
Masalliqlar:
-
1 kilogramm yangi chiqqan kartoshkalar
-
700 gramm gulkaram
-
2 ta tuxum
-
1 osh qoshiq sut
-
ta'bga ko'ra tuz
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Yangi kartoshka va yangi gulkaramdan ko’ra mazali nima bo’lishi mumkin? Albatta ular birgalikda pishirilgan taom.
Agar siz ko’proq sabzavot iste’mol qilishni istasangiz, bu siz uchun o’z-o’zidan ideal taom, shuningdek go’sht va tovuq go’shti uchun yaxshi garnir.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 24 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
1 kilogramm yangi chiqqan kartoshkalar | |
700 gramm gulkaram | |
2 ta tuxum | |
1 osh qoshiq sut | |
ta'bga ko'ra tuz | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
Kartoshkani yaxshilab suvda yuvamiz. Suvini bir necha marotaba almashtirish kerak bo'ladi.
Yuvilgan kartoshakani kastrulyaga solib, qaynoq suv va ta'bga ko'ra tuz solamiz. Qaynab chiqqanidan so'ng, 15-20 daqiqa qaynatamiz.
Suvini to'kib, po'stidan artamiz. Yanga chiqqan kartoshkaning maydalarini po'stini artamasa ham bo'ladi.
Tovaga o'simlik yog'i quyib, kartoshkalarni qizartirib qovurib olamiz. Qovurilgan kartoshkalarga ta'bga ko'ra tuz sepsa ham bo'ladi.
Idishga suv quyib, olovga qo'yamiz. Qaynab chiqqanidan so'ng, ta'bga ko'ra tuz sepamiz.
Gulkaramni bo'laklarga bo'lib, ozroq yuvamiz.
Gulkaramni qaynab turgan suvga solib, 5 daqiqa qaynatamiz va suvdan olamiz.
Idishga sut, tuxum va tuz solib, sanchqi yoki venchik yordamida yaxshilab aralashtiramiz. Hoxushga ko'ra sevimli ziravorlar solsa ham bo'ladi.
Har bir gulkaram bo'lagini aralashmaga botirib olamiz.
So'ngra kartoshka qovurilgan tovada o'rtacha olovda ikki taraflama bir necha soniyadan qizartirib qovurib olamiz.
Tayyor gulkaramlarni ortiqcha yog'i ketishi uchun qog'oz sochiqqa olamiz.
Masalliqlar:
1 kilogramm yangi chiqqan kartoshkalar | |
700 gramm gulkaram | |
2 ta tuxum | |
1 osh qoshiq sut | |
ta'bga ko'ra tuz | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |