«Tayyor sotuvdagidek ta’mli» qovoqchali ikra
Masalliqlar:
-
4 dona qovoqcha
-
2-3 ta qizil sabzi
-
2 ta piyoz
-
3 osh qoshiq pomidor pastasi
-
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
2 ta lavr yaprog'i
-
4-5 ta qora murch donachalari
-
60 millilitr o'simlik yog'i
-
1 osh qoshiq 9% li sirka
Yo’nalishlar
Yoz bu qishga har xil yeguliklardan tayyorlash mavsumi va bu hech kim uchun yangilik emas. Ziraning vazifasi esa bunda bekalarning oz bo’lsada, yumushini yengillashtirish hisoblanadi.
Shu sababdan ham bizlar, qovoqchalardan tayyorlaniladigan mazali ikra retseptini taqdim etamiz.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 6 000 so’m pul sarflaniladi*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
4 dona qovoqcha | |
2-3 ta qizil sabzi | |
2 ta piyoz | |
3 osh qoshiq pomidor pastasi | |
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
2 ta lavr yaprog'i | |
4-5 ta qora murch donachalari | |
60 millilitr o'simlik yog'i | |
1 osh qoshiq 9% li sirka |
Piyoz bilan qovoqchalarni mayda to'g'rab olamiz.
Qizil sabzini qirg'ichning katta tishidan chiqaramiz.
Qozonga yog'ni solib, qizdirib olamiz.
Piyozni solib, sal qizarguniga qadar qovuramiz.
Ustidan sabzini soli, 3-5 daqiqa qovuramiz va ustidan qovoqchani solamiz.
Sabzavotlar sharbati tezroq chiqisi uchun tuz sepamiz.
Sabzavotlarni 58 daqiqa qovurgandan so'ng, ustidan pomidor pastasi, maydalangan sarimsoqpiyoz, lavr yaproog'i va murch solamiz.
Past olovda 30 daqiqa dimlab pishiramiz.
So'ng aaralashmani gazdan olib, blenderda ezib maydalab olamiz.
undan keyin esa uni yana gazga qo'yib, qaynash darajasiga keltiramiz va sirka solib aralashtirib olamiz.
Tayyor ikralarni sterillangan bankalarga solib yopamiz.
Agar siz ikrani uzoq muddat saqlash niyatingiz bo'lmasa, unda sirka solish shart emas. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
4 dona qovoqcha | |
2-3 ta qizil sabzi | |
2 ta piyoz | |
3 osh qoshiq pomidor pastasi | |
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
2 ta lavr yaprog'i | |
4-5 ta qora murch donachalari | |
60 millilitr o'simlik yog'i | |
1 osh qoshiq 9% li sirka |