Xolli maffinlar
Masalliqlar:
-
180 gramm yumshatilgan sariyog'
-
180 gramm shakar upasi
-
3 ta tuxum
-
240 gramm un
-
1 choy qoshiq qabartma
-
1 choy qoshiq dolchin
-
3 choy qoshiq kakao kukuni
-
1 dona banan
Yo’nalishlar
Choy bilan yeyishga tezpishar va mazali pishiriqdan tayyorlashni istaysizmi? Oq-qora rangli, banan bo’lakchalari solingan mazali maffinlardan tayyorlang, juda ham mazali chiqadi!
Tayyorlanadigan yegulikka taxminan 16 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqt gagina amal qiladi.
Masalliqlar:
180 gramm yumshatilgan sariyog' | |
180 gramm shakar upasi | |
3 ta tuxum | |
240 gramm un | |
1 choy qoshiq qabartma | |
1 choy qoshiq dolchin | |
3 choy qoshiq kakao kukuni | |
1 dona banan |
Yumshagan sariyog' va shakar upasini yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Bittadan tuxumni solib, ko'pirtirishda davom etamiz. Dolchinni sepib, aralashtirib olamiz.
Alohida idishga un bilan qabartmani elab solamiz.
Sariyog'li aralashma ustidan unni solamiz va aralashtirib olamiz. Quyuq massali xamir hosil bo'ladi.
Xamirni teng ikkiga bo'lamiz, yarmiga kakao sepamiz va aralashtirib olamiz.
Gaz pechini 180 C darajaga yoqib qo'yamiz.
Maffinlarga mo'ljallangan qolipga sariyog'dan surtamiz, bananni parrak qilib to'g'raymiz.
Qolipchalarga oq-qora xamirni qoshiqda navbati bilan solib chiqamiz, xuddi "Zebra" keksidagidek. Ustidan bir dona banan bo'lakchalarini solib chiqamiz.
Pechga qo'yib, 25 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishganligini gugurtcho'p yordamida tekshiramiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
180 gramm yumshatilgan sariyog' | |
180 gramm shakar upasi | |
3 ta tuxum | |
240 gramm un | |
1 choy qoshiq qabartma | |
1 choy qoshiq dolchin | |
3 choy qoshiq kakao kukuni | |
1 dona banan |