Videoretsept: yeryong’oqli qumoq pechenye
Masalliqlar:
-
180 gramm yumshatilgan sariyog'
-
120 gramm shakar
-
1 ta tuxum
-
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
-
320 gramm un
-
160 gramm yeryong'oq
-
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv
Yo’nalishlar
Barchaga bolalikdan tanish uzukcha shaklidagi yeryong’oqli qumoq pechenye tayyorlashni taklif qilamiz. Pechenye mayin va uqalanib ketadigan bo’lib, bir piyola choy yoki sut bilan ajoyib uyg’unlik yaratadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 40 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
180 gramm yumshatilgan sariyog' | |
120 gramm shakar | |
1 ta tuxum | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
320 gramm un | |
160 gramm yeryong'oq | |
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv |
Xamir tayyorlaymiz
Idishda yumshoq sariyog’ va shakarni birlashtiramiz. Mikser yordamida ko’pirtiramiz.
Tuxum qo’shib aralashtiramiz. So’ngra elangan un va qabartma qo’shamiz.
Yumshoq xamir qorib, sovutgichga 20 daqiqaga qo’yamiz.
Pechenye shakllantiramiz
Qulaylik uchun xamirni 2 ga bo’lamiz. Har bir qismni ikki pergament qog’ozi o’rtasida, 4-5 sm qalinlikda, yoyamiz.
Ikkita har xil diametrlik dumaloq qolip yordamida xamirdan uzukchalar kesib chiqamiz.
Maslahat: uzukchalar ustiga yeryong’oq bo’laklari oson yopishishi uchun ularni 5 daqiqaga muzlatgichga qo’yish mumkin.
Pechenyelarni bir tomoniga tuxum sarig’i surtib, maydalangan yeryong’oq sepamiz.
Pechenyelarni pergament qog’ozi solingan patnisga terib, 180C gacha qizdirilgan pechga 10-15 daqiqaga qo’yamiz.
Masalliqlar:
180 gramm yumshatilgan sariyog' | |
120 gramm shakar | |
1 ta tuxum | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
320 gramm un | |
160 gramm yeryong'oq | |
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv |