Videoretsept: yaponcha sutli non «Xokkaydo»
Masalliqlar:
-
200 millilitr iliq suv
-
40 gramm un
-
Xamir uchun
-
650 gramm un
-
1 ta tuxum
-
260 millilitr iliq sut
-
50 gramm yumshatilgan sariyog'
-
60 gramm shakar
-
10 gramm quruq xamirturush
-
1 choy qoshiq tuz
-
Qizartirish uchun
-
1 ta tuxum sarig'i
-
15 millilitr sut
Yo’nalishlar
«Xokkaydo» sutli noni — bu yumshoq, mayin va oshirma xamirdan tayyorlangan pishiriq bo’lib, u uqalanmaydi va qatib qolmaydi. Bu nonni tayyorlashda «Tan Djun» nomli qaynatma non tayyorlash texnikasidan foydalaniladi. Bu turdagi non – eng mayin, yengil va mazali desak yolg’on bo’lmaydi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 25 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
200 millilitr iliq suv | |
40 gramm un | |
Xamir uchun |
|
650 gramm un | |
1 ta tuxum | |
260 millilitr iliq sut | |
50 gramm yumshatilgan sariyog' | |
60 gramm shakar | |
10 gramm quruq xamirturush | |
1 choy qoshiq tuz | |
Qizartirish uchun |
|
1 ta tuxum sarig'i | |
15 millilitr sut |
Un va suvni birlashtirib, o’rtacha olovda tinmay aralashtirgan holda qaynatamiz. Quyulib, qaynashni boshlaganda, gazdan olamiz.
Tayyor bo’lgan aralashmani xona haroratigacha sovutamiz.
Xamir tayyorlaymiz
Chuqur idishda xamirturush, shakar, tuz va iliq sitni birlashtiramiz. 10-15 daqiqaga, xamirturush ta’siri boshlanguncha, qoldiramiz.
Tayyor aralashmaga qaynatilgan massa va tuxum qo’shamiz. Yaxshilab aralashtiramiz.
Unni elab oz-ozdan qo’shib, xamir qoramiz.
Yumshoq sariyog’qo’shib, xamir qoramiz.
Tayyor xamirni oshishi uchun iliq joyda 1 soatga qoldiramiz.
Non tayyorlaymiz
Oshgan xamirni 8 qismga bo’lamiz.
Har bir bo’lakni oval shaklida yoyib, chetlarini ichkariga buklab, to’rtburchak shaklga keltiramiz.
Hosil bo’lgan to’rtburchakni uzunasiga yoyib, rulet shaklida o’raymiz.
Bulochkalarni qolipga solib, 30 daqiqaga oshishi uchun qoldiramiz.
Oshgan nonlarni ustiga tuxum sarig’i va sut aralashmasini surtamiz. 180C darajada 30-35 daqiqa davomida pishiramiz.
Masalliqlar:
200 millilitr iliq suv | |
40 gramm un | |
Xamir uchun |
|
650 gramm un | |
1 ta tuxum | |
260 millilitr iliq sut | |
50 gramm yumshatilgan sariyog' | |
60 gramm shakar | |
10 gramm quruq xamirturush | |
1 choy qoshiq tuz | |
Qizartirish uchun |
|
1 ta tuxum sarig'i | |
15 millilitr sut |