fbpx
Videoretsept: xitoycha bodring

Videoretsept: xitoycha bodring

Taomlari:

    Masalliqlar:

    Yo’nalishlar

    Bu retseptga ko’ra tayyorlangan bodring nordon-shirin, biroz achchiq ta’mga va ziravorlar iforiga ega bo’ladi. Bunday salat tez tayyorlanib, gazak o’rnini bosadi va ajoyib ko’rinishi bilan dasturxonni bezatadi.

    Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m.

    *narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

    Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    4-5 ta bodring
    1 choy qoshiq tuz
    3 osh qoshiq soya qaylasi
    1,5 choy qoshiq kunjut yog'i
    1-2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
    0,5 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
    1 choy qoshiq suyuq asal
    bir chimdim yanchilgan achchiq qalampir
    10 gramm kunjut
    Qadam 1
    Tugallandi

    Bodrinning ikki chetiga xitoy taom tayoqchalarini qo’yib, pichoq yordamida bodringni kesamiz.

    Qadam 2
    Tugallandi

    Bodringni kesilgan tomonini pastga aylantirib, burchak ostoda kesamiz. Bodringdan prujina hosil bo’ladi.

    Qadam 3
    Tugallandi

    Bodringni yaxshilab tuzlab, 10-15 daqiqaga qoldiramiz.

    Qadam 4
    Tugallandi

    Bodring ustiga suv quyib, ortiqcha tuzni yuvib tashlaymiz. Suvni to’kib yuboramiz.

    Qadam 5
    Tugallandi

    Qayla uchun soya sousi, kunjut yog’i, maydalangan sarimsoqpiyoz, paprika, asal va achchiq qalampirni aralashtiramiz.

    Qadam 6
    Tugallandi

    Qaylani bodring ustiga quyib, 10-15 daqiqaga marinadlangani qoldiramiz. Bodringni aralashtirib turish kerak.

    Qadam 7
    Tugallandi

    Tayyor salat ustiga kunjut sepamiz.

    Yoqimli ishtaha!

    • 40 daqiqa
    • Portsiya 2
    • Oddiy

    Share it on your social network:

    Or you can just copy and share this url

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    4-5 ta bodring
    1 choy qoshiq tuz
    3 osh qoshiq soya qaylasi
    1,5 choy qoshiq kunjut yog'i
    1-2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
    0,5 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
    1 choy qoshiq suyuq asal
    bir chimdim yanchilgan achchiq qalampir
    10 gramm kunjut
    oldingi
    Videoretsept: limon va brokkoli bilan pechda pishirilgan tovuq
    keyingi
    Batafsil fotoretsept: tayyor «Margherita» aralashmasidan shakarsiz tort

    Izohingizni yozib qoldiring

    Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.