fbpx
Videoretsept: tovuqli arabcha somsa

Videoretsept: tovuqli arabcha somsa

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Nachinka uchun

  • Qizartirish uchun

Yo’nalishlar

Somsaning ko’p turlari mavjud, va bu safar sizga lazzatli, to’yimli va nachinkaga boy «arabcha somsa» tayyorlash usulini taklif qilamiz. Uning ajralib turadigan xususiyati – ajoyib shaklidadir. 

Nachinka sifatida go’sht, kartoshka va boshqa istagan masalliqlarni ishlatish mumkin, biz tovuq va pishloq bilan tayyorlab ko’rdik. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 55 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
200 millilitr sut
50 gramm "Milter" 72% margarini
1 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq quruq xamirturush
1 choy qoshiq tuz
350 gramm un
Nachinka uchun
300 gramm tovuq filesi
150 gramm qattiq pishloq
1 ta piyoz
60 gramm mayonez
Qizartirish uchun
50 gramm "Milter" 72% margarini
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv
Qadam 1
Tugallandi

Iliq sutli idishga xamirturush, shakar, qabartma, tuz va eritilgan margarin solib, aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Oz-ozdan elangan un qo’shib, yumshoq, qo’lga yopishmaydigan xamir qoramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni dumaloq holatga keltirib, idishga solib, sochiq ostida yarim soatga qoldiramiz. Xamir oshmaydi, ammo yumshaydi.

Qadam 4
Tugallandi

Tovuq filesi va piyozni mayda kubik shkalida to’g’raymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Pishloqni qirg’ichdan o’tkazamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Idishda tovuq filesi, piyoz, pishloq, mayonezni aralashtiramiz.
Xohishga ko’ra ziravorlar qo’shamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirni bir-xil xajmdagi bo’laklarga bo’lamiz, taxminan 8-9 bo’lak.
Juda kichkina bo’laklar noqulay bo’ladi, shuning uchun o’rtacha qilishga harakat qiling.

Qadam 8
Tugallandi

Dumaloqchalarni terib, ustini sochiqda berkitamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Margarinni eritamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Xamirni yupqa qilib yoyib, o’rtasiga yog’ surtamiz. So’ngra yog’li tomonini taxtakach ustiga aylantiramiz. Biroz chetlarini yupqa bo’lishi uchun cho’zamiz, o’rtasi esa qalinroq qolsin.

Qadam 11
Tugallandi

Xamir o’rtasiga nachinkani solib, xamir chetlarini o’rtaga tugamiz. 1-2 marta aylantirib bog’laymiz.

Qadam 12
Tugallandi

Hosil bo’lgan «yubkani» somsa tepasiga joylashtiramiz.

Qadam 13
Tugallandi

Xamir chetlarini ko’rinmasligi uchun ichkariga berkitamiz. Ular yog’li qatlamga yopishadi.
Xamir o’rtasi yertilib ketmasligi va nachinka chiqib ketmasligi uchun ehtiyot bo’ling.

Qadam 14
Tugallandi

Tayyor somsani pergament qog’ozi solingan patnisga teramiz.

Qadam 15
Tugallandi

Ustiga tuxum sarig’i surtib, 180С gacha qizdirilgan pechga 35-40 daqiqaga qo’yamiz.

Yoqimli ishtaha!

Reklama huquqi asosida..

Instagram: @milter.uz
Telegram: t.me/milter_uz
YouTube: Milter/Uzbekistan

  • 1 soat 20 daqiqa
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 180C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
200 millilitr sut
50 gramm "Milter" 72% margarini
1 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq quruq xamirturush
1 choy qoshiq tuz
350 gramm un
Nachinka uchun
300 gramm tovuq filesi
150 gramm qattiq pishloq
1 ta piyoz
60 gramm mayonez
Qizartirish uchun
50 gramm "Milter" 72% margarini
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv
oldingi
Videoretsept: pishiriqsiz «Baunti» ruleti
keyingi
Videoretsept: pishloqli pechenye

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.