Videoretsept: Tovuq go’shtidan qilingan sosiskalar
Masalliqlar:
-
500 gramm tovuq filesi
-
2 ta tuxum
-
1 bosh piyoz
-
50 millilitr sut
-
1 choy qoshiq tuz
-
ta'bga qarab qora murch
-
ta'bga qarab quritilgan qalampir (paprika)
-
ozroq to'g'ralgan shivit
Yo’nalishlar
Bizning retsept asosida tayyorlanilgan mana bunday sosiskalar mayin, sersuv va juda mazali bo’lib pishadi, tayyorlash jarayoni esa umuman qiyinchilik tug’dirmaydi.
Shuningdek bunday sosiskalarni bemalol bolalarga ham, parhez tutuvchi insonlarga ham tayyorlab berish mumkin.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 20 000 so’m pul sarflanadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
Masalliqlar:
500 gramm tovuq filesi | |
2 ta tuxum | |
1 bosh piyoz | |
50 millilitr sut | |
1 choy qoshiq tuz | |
ta'bga qarab qora murch | |
ta'bga qarab quritilgan qalampir (paprika) | |
ozroq to'g'ralgan shivit |
Go'shtni go'shtqiymalagichdan chiqarib olamiz. Piyozni mayda to'g'rab solamiz.
Yoki xohishga qarab piyozni avval nomiga qovurib olamiz va qiymaga solamiz. Shunda qiyma yanada sersuvroq bo'lib pishadi.
Shivitni mayda to'g'rab olamiz va qiymaga qo'shamiz. Shuningdek tuxum va sutni ham solib, yaxshilab aralashtirib olamiz. Tuz va murch sepamiz.
Folga qog'ozdan uzunchoq lentalar kesib chiqamiz va qoshiq yordamida qiymadan solib, xuddi konfetni o'ragandek, folga qog'ozini ham shunday ko'rinishda buklab chiqamiz.
Pech patnisiga pergament qog'oz to'shab, sosiskalarni terib chiqamiz. 180 C darajada qizigan pechda 30 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pishgan sosiskalarni tovada ozroq qizartirib olsak, yanada ishtahaochar ko'rinishga ega bo'ladi.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
500 gramm tovuq filesi | |
2 ta tuxum | |
1 bosh piyoz | |
50 millilitr sut | |
1 choy qoshiq tuz | |
ta'bga qarab qora murch | |
ta'bga qarab quritilgan qalampir (paprika) | |
ozroq to'g'ralgan shivit |