Videoretsept: «Sutli»torti
Masalliqlar:
-
Xamir uchun
-
5 ta "365 kun» tuxumi
-
300 millilitr sut
-
150 gramm "365 Kun" shakari
-
100 millilitr "365 kun" o'simlik yog'i
-
30 gramm kakao
-
300 gramm "365 Kun" uni
-
2 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
-
2 osh qoshiq "365 kun" o'simlik yog'i
-
Krem uchun
-
150 millilitr sut
-
15 gramm "365 Kun" jelatini
-
360 gramm "365 Everyday" quyultirilgan suti
-
500 gramm "365 Kun" qaymog'i
-
Glazur uchun
-
150 gramm eritilgan qora shokolad
-
35 gramm "365 Kun" sariyog’i
Yo’nalishlar
Ajoyib shokoladli biskvit va mayin sutli sufle – bu tort haqiqatdan ham kinderning “Молочный ломтик” shirinligiga o’xshaydi. Bu oson tayyorlanadigan tort nafaqat bolalar, balki kattalarga ham yoqishi aniq.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 125 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
5 ta "365 kun» tuxumi | |
300 millilitr sut | |
150 gramm "365 Kun" shakari | |
100 millilitr "365 kun" o'simlik yog'i | |
30 gramm kakao | |
300 gramm "365 Kun" uni | |
2 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
2 osh qoshiq "365 kun" o'simlik yog'i | |
Krem uchun |
|
150 millilitr sut | |
15 gramm "365 Kun" jelatini | |
360 gramm "365 Everyday" quyultirilgan suti | |
500 gramm "365 Kun" qaymog'i | |
Glazur uchun |
|
150 gramm eritilgan qora shokolad | |
35 gramm "365 Kun" sariyog’i |
Qatlamlarni tayyorlaymiz
Idishda sut, tuxum, shakar va o’simlik yog’ini birlashtiramiz. Mikser yordamida aralashtiramiz.
Boshqa idishda un, kakao va qabartmani birlashtiramiz.
Quruq masalliqlarni suyuq aralashmaga qo’shib, mikser yordamida aralashtiramiz.
Xamirni 3 ga bo’lamiz.
Tovaga biroz o’simlik yog’i surtib, xamirni bir qismini quyamiz va qopqoq ostida 15 daqiqa davomida past olovda pishiramiz. Tayyorligini taxta tayoqcha yordamida tekshiramiz - tayoqcha quruq chiqishi kerak.
Huddi shunday qolgan 2 qatlamni pishiramiz. 16-18 sm diametrlik qolip yordamida qatlamlarni bir-xil qilib kesamiz.
Krem tayyorlaymiz
Jelatinni sutda 30 daqiqaga qoldiramiz.
Ishgan jelatinni mikroto’lqinli pechda eritib, quyultirilgan sut bilan aralashtiramiz.
Alohida idishda qaymoqni ko’pirtiramiz. Ko’pirtirishni to’xtatmasdan jelatinli quyultirilgan sutni qo’shamiz. Kremni yaxshilab ko’pirtiramiz.
Ochiladigan qolip yoki halqani tovoq ustiga qo’yamiz. Birinchi qatlamni qo’yib, ustiga kremni yarimini solamiz va tekkislaymiz.
Ikkinchi qatlamni qo’yib, ustiga qolgan kremni solamiz. Kremni lopatka yordamida tekkislab, uchinchi qatlam xamir bilan berkitamiz.
Tortni 2-3 soatga sovutgichga qo’yamiz.
Glazur tayyorlaymiz
Eritilgan issiq qora shokoladga sariyog’ qo’shib, glazur holatiga keltiramiz.
Tortning ustiga glazurni quyib dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Facebook: fb.com/korzinkauz
Instagram: @korzinkauz
Telegram (rus tilida): t.me/korzinkauz
Telegram (o'zbek tilida): t.me/korzinka_uzb
Reklama huquqi asosida.
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
5 ta "365 kun» tuxumi | |
300 millilitr sut | |
150 gramm "365 Kun" shakari | |
100 millilitr "365 kun" o'simlik yog'i | |
30 gramm kakao | |
300 gramm "365 Kun" uni | |
2 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
2 osh qoshiq "365 kun" o'simlik yog'i | |
Krem uchun |
|
150 millilitr sut | |
15 gramm "365 Kun" jelatini | |
360 gramm "365 Everyday" quyultirilgan suti | |
500 gramm "365 Kun" qaymog'i | |
Glazur uchun |
|
150 gramm eritilgan qora shokolad | |
35 gramm "365 Kun" sariyog’i |