fbpx
Videoretsept: stakanchalardagi rezavor meva va qaymoqli jele

Videoretsept: stakanchalardagi rezavor meva va qaymoqli jele

Masalliqlar:

  • kremi uchun

Yo’nalishlar

Rezavor meva va qaymoqli jele tayyorlash va yaqinlaringizni yangi mazali shirinlik bilan xursand qilish uchun kerakli masalliqlarni tayyorlash va ozroq bo’sh vaqtni ajratish kifoya. Bunday desert juda yorqin va chiroyli bo’lib chiqadi.

G’ayrioddiy bezatilgan yegulik har qanday bayramona stol uchun qiziqarli bezak bo’lishi mumkin yoki oilaviy kechki ovqatni to’la to’kis to’ldirishi mumkin.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta Dr.Oetker rezavor mevali jelesi
10 gramm Dr.Oetker jelatini
100 millilitr muzdek suv
30 gramm shakar upasi
10 gramm 15-20 % li qaymoq
kremi uchun
150 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
70 gramm shakar upasi
10 gramm dr.Oetkerdan qaymoq quyiltiruvchi kukun
bezak uchun istalgan meva yoki rezavor meva
Qadam 1
Tugallandi

Rezavor mevali jelega 200 millilitr qaynoq suv quyamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Jelatinga 100 millilitr muzdek suv quyib, aralashtiramiz va 10-15 daqiqaga ishishi uchun qoldiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Idishda jelatinni eritib (qaynatib yubormaymiz), 15 % li qaymoq, shakar upasi va vanil shakarini solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tayyorlab qo'yilgan stakan yoki qoliplarga rezavor mevali jeleni solib, qotishi uchun muzlatgichga solamiz. Qotganidan so'ng, ustidan qaymoqli qavatini quyamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Rezavor mevali va qaymoqli qavatlarni ketma-ket, istalgan qalinlikda quyib, har bir qavat quyilganidan so'ng qotishi uchun muzlatgichga yuboramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Krem tayyorlaymiz:

Qaymoqqa quyiltiruvchi kukunni solib, shakar upasi bilan qattiq pik holatiga kelgunicha ko'pirtiramiz. Tayyor kremni konditer qopchasiga solamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Jeleni krem va istalgan rezavor meva yoki mevalar bilan bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!

reklama huquqi asosida

  • Portsiya 2
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta Dr.Oetker rezavor mevali jelesi
10 gramm Dr.Oetker jelatini
100 millilitr muzdek suv
30 gramm shakar upasi
10 gramm 15-20 % li qaymoq
kremi uchun
150 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
70 gramm shakar upasi
10 gramm dr.Oetkerdan qaymoq quyiltiruvchi kukun
bezak uchun istalgan meva yoki rezavor meva
oldingi
Videoretsept: pishirishni talab etmaydigan tvorogli chizkeyk
keyingi
Videoretsept: apelsin sedrasi va dolchinli bulochkalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.