fbpx
Videoretsept: sinnabon-pankeyklar

Videoretsept: sinnabon-pankeyklar

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Nachinka uchun

  • Glazur uchun

Yo’nalishlar

Barcha sinnabon – ustida glazurlik dolchinli bulochakalarni biladi. Biz esa sizlarga ta’mi sevimli bulochkalarga o’xshash ammo tezroq tayyorlanadigan pankeyk-sinnabonlarni tayyorlashni taklif qilamiz. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
270 millilitr iliq sut
2 ta tuxum
60 millilitr eritilgan sariyog'
100 gramm shakar upasi
240 gramm un
10 gramm qabartma (razrixlitel)
bir chimdim tuz
Nachinka uchun
80 gramm shakar
15 gramm maydalangan dolchin
60 millilitr eritilgan sariyog'
Glazur uchun
100 gramm shakar upasi
25 millilitr iliq sut
Qadam 1
Tugallandi

Chuqur idishda iliq sut, tuxum va eritilgan yog’ni birlashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Shakar upasi, elangan un, qabartma va tuz qo’shamiz. Mikser yordamida aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Boshqa idishda shakar, dolchin va eritilgan sariyog’ni aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

3 osh qoshiq xamirdan qo’shib aralashtiramiz. Qulaylik uchun bu aralashmani qandolat qopchasiga solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tovani gazga qo’yib qizdiramiz va olovni past qilamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirni osh qoshiq yoki cho’mich yordamida tovaga solamiz. 1 daqiqa qovuramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pankeyk ustida pufakchalar paydo bo’lishi bilan ustiga qandolat qopidagi xamirni spiral shaklida chiqaramiz. Pankeykni aylantiramiz va yana 1 daqiqa davomida qovuramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Glazur uchun iliq sut va shakar upasini aralashtiramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Tayyor pankeyklar ustiga glazurni quyib, iliq holatda dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat
  • Portsiya 2
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
270 millilitr iliq sut
2 ta tuxum
60 millilitr eritilgan sariyog'
100 gramm shakar upasi
240 gramm un
10 gramm qabartma (razrixlitel)
bir chimdim tuz
Nachinka uchun
80 gramm shakar
15 gramm maydalangan dolchin
60 millilitr eritilgan sariyog'
Glazur uchun
100 gramm shakar upasi
25 millilitr iliq sut
oldingi
Videoretsept: sabzavotli «Pikantniy» salat
keyingi
Videoretsept: qulupnay bilan tvorogli toblatma

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.