Videoretsept: shokolad va yalpizli tort
Masalliqlar:
-
Biskvit uchun
-
275 gramm shakar upasi
-
bir xovuch yalpiz yaproqchalari
-
250 gramm qora shokolad
-
125 gramm yumshatilgan sariyog'
-
6 ta tuxum
-
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
Krem uchun
-
350 gramm 35 %li yog'li qaymoq
-
50 gramm shakar upasi
-
6-8 tomchi yalpiz ekstrakti
Yo’nalishlar
«Gordon Ramzining uy taomlari. Nonushta. Tushlik. Kechki ovqat» kitobidan juda mazali va xushbo’y, shokolad va yalpizli tortning tayyorlanish usuli. Ushbu tortni tayyorlashga muallifni bolaligida yaxshi ko’rgan shokolad va yalpizli batonchiklar ilhomlantirgan.
Tort mayinligining siri, tarkibida un yo’qligi, hamda xamirning asosini ko’pirtirilgan tuxum oqlari tashkil etishidadir. Bu sababli, pechdan chiqarilgandan so’ng tort o’rtasi biroz cho’kishi mumkin. Ammo havotir olmang, bu qaymoqli krem ostida ko’rinmaydi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 65 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
Biskvit uchun |
|
275 gramm shakar upasi | |
bir xovuch yalpiz yaproqchalari | |
250 gramm qora shokolad | |
125 gramm yumshatilgan sariyog' | |
6 ta tuxum | |
1 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
Krem uchun |
|
350 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
50 gramm shakar upasi | |
6-8 tomchi yalpiz ekstrakti |
Pech patnisiga o’simlik yog’i surtamiz.
Diametri 22 sm bo’lgan tort uchun qolipni biroz moylab, ustiga pishiriq qog’ozini qo’yamiz.
Biskvit pishiramiz
Katta tovani gazga qo’yib, 100 gramm shakar upasi solamiz va teng ravishda erishi uchun tovani biroz tebratamiz, ammo aralashtirmaymiz.
Karamel oltin rangga kirganidan so’ng yalpiz barglarini qo’shamiz va oldindan tayyorlangan patnizga quyamiz. Sovutgani chetga olib qo’yamiz. Karamel sovub qotganidan so’ng uni maydalaymiz. Bezak uchun kattaroq qismlarni olib qo’yamiz.
Suv banyasida shokoladni eritamiz. (idish suvga tegmasligi kerak)
Sariyog’ qo’shib yaxshilab aralashtiramiz. Biroz sovishi uchun olib qo’yamiz.
2 ta tuxumga 3 ta tuxum sarig’ini qo’shib, 75 gramm shakar upasi bilan, taxminan 5-6 daqiqa mobaynida ko’pirtiramiz.
Tuxumlik massaga shokolad va sariyog’ aralashmasi, hamda maydalangan karamelni qo’shamiz.
Boshqa idishda tuxum oqlarini ko’pirtiramiz, bir ozdan qolgan 100 gramm shakar upasini qo’shamiz. shaklini ushlaydigan darajagacha ko’pirtiramiz.
1 qoshiq ko’pirtirilgan tuxum oqlaridan shokoladli massaga qo’shib aralashtiramiz. Qolgan qismini qo’shib ehtiyotkorlik bilan aralashtiramiz.
Xamirni qolipga quyib, 180-190 С gacha qizdirilgan pechda 35-40 daqiqa mobaynida pishiramiz.
Pishgan tort sovuganidan so’ng tarelkaga solamiz. (To’rtning o’rtasi biroz cho’ksa - havotir olmang, unsiz biskvitlar uchun bu oddiy hol)
Krem tayyorlaymiz
Qaymoqga shakar upasi va yalpiz ekstraktini qo’shib yaxshilab ko’pirtiramiz.
Masalliqlar:
Biskvit uchun |
|
275 gramm shakar upasi | |
bir xovuch yalpiz yaproqchalari | |
250 gramm qora shokolad | |
125 gramm yumshatilgan sariyog' | |
6 ta tuxum | |
1 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
Krem uchun |
|
350 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
50 gramm shakar upasi | |
6-8 tomchi yalpiz ekstrakti |