Videoretsept: «Shohona vatrushka» pirogi
Masalliqlar:
-
4 ta tuxum
-
500 gramm un
-
220 gramm shakar
-
200 gramm Maselkodan "Konditer premium" margarini
-
10 gramm qabartma
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
400 gramm tvorog
Yo’nalishlar
Tvorogdan qanday shirinlik tayyorlasam ekan deb o’ylayapsizmi? Unda ushbu retsept siz uchun. Bu shirinlik tvorogli pishiriqlar ichida eng yoqtirganingiz bo’lib qoladi.
Aytganday, agar farzandlaringiz tvorogli shirinliklarni xush ko’rishmasa, ushbu vatrushka barchasini o’zgartiradi.
Shohona vatrushkaning retsepti shu darajada osonki, uni hatto pazandachilikdan xabari yo’q odam ham tayyorlay oladi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 28 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
4 ta tuxum | |
500 gramm un | |
220 gramm shakar | |
200 gramm Maselkodan "Konditer premium" margarini | |
10 gramm qabartma | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
400 gramm tvorog |
Tuxum, shakar va vanil shakarini venchik yordamida aralashtirib olamiz.
Unga sovuq margarinni qirg'ichdan chiqarib, maydalab, qumoq shakliga keltiramiz va qabartma solib, aralashtiramiz.
Tuxum va shakarli aralashmani ⅓ qismini unli massaga quyamiz va qo'lda maydalaymiz (xamir qumoq bo'lib qolishi kerak).
Tuxum va shakarli aralashmaning qolgan qismini tvorogga quyib, aralashtiramiz.
26-28 sm li qolipga unli massani yarmini solamiz. So'ngra tvorog solib, ustidan qolgan unli massani solamiz.
180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 35 daqiqaga yuboramiz.
"Shohona vatrushka" ni kechqurun tayyorlab, nonushtaga tanovvul qilishni maslahat beramiz. Shunda uning kesilishi ham oson bo'ladi.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
4 ta tuxum | |
500 gramm un | |
220 gramm shakar | |
200 gramm Maselkodan "Konditer premium" margarini | |
10 gramm qabartma | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
400 gramm tvorog |