Videoretsept: shaftolilik tvorogli toblatma
Masalliqlar:
-
550 gramm 9% tvorog
-
3 ta tuxum
-
160 gramm shakar
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
150 gramm qaymoq yoki smetana
-
2 osh qoshiq manna yormasi
-
250 gramm shaftoli
Yo’nalishlar
Shaftoli qo’shilgan tvorogli toblatmani tayyorlab ko’rishni taklif qilamiz. Mayin, yumshoq va ishtaha ochar pishiriq, suvli va shirin mevalar bilan ajoyib uyg’unlik yaratadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 45 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
550 gramm 9% tvorog | |
3 ta tuxum | |
160 gramm shakar | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
150 gramm qaymoq yoki smetana | |
2 osh qoshiq manna yormasi | |
250 gramm shaftoli |
Shaftolini parraklarga kesamiz.
Idishda tvorog, shakar, vanil shakari, smetana va tuxumni birlashtirib, blender yordamida aralashtiramiz.
Manna yormasini qo’shib aralashtiramiz va massani 5-10 daqiqaga qoldiramiz.
Tvorogli massani pergament qog’ozi solingan , diametri 20 sm lik, qolipga solamiz. Ustiga shaftoli bo’laklarini terib chiqamiz.
Qolipni 180C gacha qizdirilgan pechga 45-50 daqiqaga qo’yamiz.
Masalliqlar:
550 gramm 9% tvorog | |
3 ta tuxum | |
160 gramm shakar | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
150 gramm qaymoq yoki smetana | |
2 osh qoshiq manna yormasi | |
250 gramm shaftoli |