Videoretsept: «Shaftoli» pishirig’i
Masalliqlar:
-
2 ta tuxum
-
200 gramm shakar
-
60 gramm yumshatilgan sariyog'
-
60 gramm smetana
-
300-350 gramm un
-
0,5 choy qoshiq qabartma
-
100 gramm quyultirilgan qaynatilgan sut
-
25 gramm o'rikli jem
-
qizil va sariq rangli oziq-ovqat bo'yog'i
-
bezatish uchun shakar
Yo’nalishlar
Bu pishiriqlar ko’rinishi jihatidan ham juda shaftoliga o’xshab ketadi. Shunday bo’lsada, uni tayyorlash juda oson va ortiqcha mahsulotlar ham talab qilinmaydi.
Umid qilamizki, quyidagi videoretseptimizga asoslanib, siz ham bu shirinlikdan tez va oson tayyorlaysiz.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 15 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
2 ta tuxum | |
200 gramm shakar | |
60 gramm yumshatilgan sariyog' | |
60 gramm smetana | |
300-350 gramm un | |
0,5 choy qoshiq qabartma | |
100 gramm quyultirilgan qaynatilgan sut | |
25 gramm o'rikli jem | |
qizil va sariq rangli oziq-ovqat bo'yog'i | |
bezatish uchun shakar |
Tog'orachaga tuxum va shakarni solib, biroz ko'pirtirib olamiz. Shakar yaxshi eriguniga qadar ko'pirtirib olamiz.
So'ng xona haroratida yumshagan sariyog' va smetanani solib, yana biroz ko'pirtiramiz.
Ustidan un va qabartmani elab solamiz va aralashtiramiz. Yumshoq, qo'lga biroz yopishadigan xamir hosil bo'ladi.
Qo'lni ho'llab yoki yog'lab, xamirdan yong'oqdan kattaroq hajmdagi koptokchalar yasab olamiz va pergament qog'oz to'shalgan patnisga terib chiqamiz.
180 C haroratda qizdirilgan gaz pechida 10-12 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pishirig'imizni issiqligida o'rtasini sal issiqligida choy qoshiq bilan kovlab olamiz.
Asos. Asosi uchun quyultirilgan sut va o'rikli jemni biroz ko'pirtiramiz.
Kremni pishiriq qopchasiga solib pechenyelarning teshigiga quyib chiqamiz va ikkala pechenyeni birlashtiramiz.
Suvga yoki olma sharbatiga bir-ikki tomchidan bo'yoq solib aralashtirib olamiz.
"Shaftoli"larni avval sariq bo'yoqqa, so'ng esa yarmini qizil bo'yoqqa botirib olib, undan keyingina shakarga belab olamiz. Shaftoliga ko'proq o'xshashi uchun orasiga yalpiz yaproqchalaridan solamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
2 ta tuxum | |
200 gramm shakar | |
60 gramm yumshatilgan sariyog' | |
60 gramm smetana | |
300-350 gramm un | |
0,5 choy qoshiq qabartma | |
100 gramm quyultirilgan qaynatilgan sut | |
25 gramm o'rikli jem | |
qizil va sariq rangli oziq-ovqat bo'yog'i | |
bezatish uchun shakar |