Videoretsept: Sabzavotlar bilan gaz pechida pishirilgan kurka go’shtidan taom
Masalliqlar:
-
1 o'ram marinadlangan "Kulinar" nomli kurka go'shti
-
250 gramm kartoshka
-
100 gramm piyoz
-
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
100 gramm bulg'or qalampiri
-
100 gramm shampinyon
-
30 millilitr o'simlik yog'i
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Yetarlicha bo’sh vaqt yetmaganida marinadlangan «Kulinar» nomi ostida ishlab chiqarilgan kurka go’shti qo’llab yuboradi.
Go’sht sabzavotlar bilan birga pishirilishi sabab ham juda sersuv chiqadi. Bunda asosiy taom ham, garnir ham birga bir vaqtda pishadi. Sabzavotlarni esa mavsumga yoki ta’bingizga qarab, xohlaganingizni solishingiz mumkin.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vatqgagina amal qilinadi.
Masalliqlar:
1 o'ram marinadlangan "Kulinar" nomli kurka go'shti | |
250 gramm kartoshka | |
100 gramm piyoz | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
100 gramm bulg'or qalampiri | |
100 gramm shampinyon | |
30 millilitr o'simlik yog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch |
30 daqiqa davomida kurka go'shtini xona haroratida yoki mikroto'lqinli pechda eritib olamiz.
Kurka go'shtini o'rtacha bo'laklarga bo'lib, idishga solamiz. Sabzavotlarni ham o'rtacha bo'laklarga bo'lib olamiz va go'sht ustidan solamiz.
Tuz va murch sepamiz, o'simlik yog'ini quyib, yaxshilab aralashtirib olamiz.
Gaz pechiga pishirishga mo'ljallangan yelim xaltaga go'sht va sabzavotlarni solamiz, og'izni boylaymiz.
190 C darajada qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqa davomida pishirib olamiz.
30 daqiqa o'tgandan so'ng yelim xalta bir tomonini kesib, 5-10 daqiqa davomida qizartirib pishiramiz.
Taomni issiqligida salat va ko'katlar bilan birga dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Instagramdagi rasmiy sahifasi: @kulinar.nishonbaxt
Facebookdagi rasmiy sahifasi: Кулинар
Reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
1 o'ram marinadlangan "Kulinar" nomli kurka go'shti | |
250 gramm kartoshka | |
100 gramm piyoz | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
100 gramm bulg'or qalampiri | |
100 gramm shampinyon | |
30 millilitr o'simlik yog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch |