fbpx
Videoretsept: «Qush uyasi» salati

Videoretsept: «Qush uyasi» salati

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

«Qush uyasi» salati – ajoyib ta’mga ega asl taom. Salat bayram dasturxonini bezab turishi mumkin, shuningdek oddiy kunda ham barchani mamnun qila oladi.

Uni tayyorlash ko’p vaqtni yoki bo’lmasam maxsus ko’nikmalarni talab qilmaydi. Ushbu yorqin va mazali salat sizning sevimli taomlaringizdan biriga aylansa ajabmas.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Qadam 1
Tugallandi

Bodringlarni somoncha shaklda to'g'rab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Piyozni mayda to'rtburchak shaklida to'g'rab olamiz. Piyolaga solib, ustidan bir chimdim tuz va olma sirkasini solib, 10 daqiqaga qo'yib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Dudlangan tovuq go'shtini somoncha shaklida to'g'rab olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qaynatilgan tuxumlar oqini sarig'idan ajratib, oqini qirg'ichning katta tishidan chiqaramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tuxum sarig'ini sanchqida ezib maydalaymiz, bir choy qoshiq mayonez, to'g'ralgan shivitni solib aralashtirib olamiz.
Barchasini yaxshilab aralshtirib olamiz. Qo'lga yopishmaydigan massa hosil bo'lishi kerak.
Tuxumli aralashmadan bedana tuxumidan sal maydaroq hajmda "tuxumcha"lar yasab olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Chuqurroq idish olib, ichiga barcha to'g'ralgan masalliqlar, marinadlangan piyoz, ozroq qovurilgan kartoshkani solamiz. Mayonezdan quyib, ta'bga qarab tuz va murch sepib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Kattaroq likopcha olib, salatni solamiz, o'rtasiga sal chuqurroq qilib joy qoldiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Ustidan qolgan kartoshkalarni sepib chiqamiz.

Qadam 9
Tugallandi

O'rtasiga ko'kat shoxschasi va tuxum sarig'idan tayyorlangan "tuxumcha"larni qo'yib chiqamiz.
Tayyor salatni shu zahotiyoq dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url
oldingi
Videoretsept: tvorogli ponchiklar
keyingi
Videoretsept: «Kulinar» dan kievcha kotletlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.