fbpx
Videoretsept: Quritilgan mevalar solib pishirilgan rojdestvo keksi

Videoretsept: Quritilgan mevalar solib pishirilgan rojdestvo keksi

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Tug’ilgan kun tortsiz o’tmaganidek, yangi yil bayrami ham pishiriqlar va shirinliklarsiz o’tmaydi.

Shu sabab ham bugun bizlar o’sha dunyoga mashhur rojdestvo keksining videoretseptini taqdim etamiz.

Ogohlantirib qo’yamiz, keks biroz namroq va juda ham to’yimli bo’lib pishadi, shuning uchun ham undan birdan ko’p yeya olmaysiz ?

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 40 000so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagin amal qiladi.

Masalliqlar:

250 gramm un
250 gramm shakar
250 gramm yumshatilgan sariyog'
5 ta tuxum
2 choy qoshiq qabartma
1 choy qoshiq maydalangan dolchin
250 gramm mayiz
200 gramm turshak
200 gramm quritilgan olxo'ri
150 gramm har xil yong'oqlar
Qadam 1
Tugallandi

Quruq mevalarni yuvib, quritamiz, kattalarini to'g'rab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Yumshagan sariyog'ni shakar bilan birga yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ko'pirtirishda davom etib, bitta-bitta tuxumni solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

unga dolchin va qabartmani solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Sariyog'li aralashma ustidan unni solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirga quruq meva va yong'oqlarni solib aralashtirib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Qolipga yog' surtib, un sepamiz.

Qadam 8
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 60 daqiqa davomida pishirib olamiz. Keksni avval pergamnet qog'oz va folgaga o'rab, biroz salqin joyda saqlab, undan so'ng iste'mol qilsangiz yanada mazaliroq chiqadi.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

250 gramm un
250 gramm shakar
250 gramm yumshatilgan sariyog'
5 ta tuxum
2 choy qoshiq qabartma
1 choy qoshiq maydalangan dolchin
250 gramm mayiz
200 gramm turshak
200 gramm quritilgan olxo'ri
150 gramm har xil yong'oqlar
oldingi
Batafsil fotoretsept: krem bilan bezatilgan shokoladli kapkeyklar
keyingi
Konservalangan makkajo’xori va kolbasali salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.