fbpx
Videoretsept: Qulupnayli pechenyelar

Videoretsept: Qulupnayli pechenyelar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Kelinglar, birgalikda yumshoqina va og’izda erib ketuvchi qulupnayli pechenyelardan tayyorlab ko’ramiz!

Bunday pechenyelar ayniqsa bolajonlarni juda quvontirib yuborishi shubhasizdir.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 15 000 soʻm sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
100 gramm qulupnay
70 gramm
140 gramm un
50 gramm muzdek sariyog'
85 gramm 35 %li yog'li qaymoq
1 choy qoshiq qabartma
1 choy qoshiq vanil shakari
bir chimdim tuz
Qadam 1
Tugallandi

Qulupnayni yuvib olamiz. Dumchalarini olib tashlab, o'zini to'rtburchak shaklda to'g'raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tog'orachaga un, shakar, vanil shakari, tuz va qabartmanni solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Muzdek sariyog'ni to'g'rab, un ustidan solib, qo'lda yaxshilab ishqalaymiz va kukunsimon holatga keltiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Unli massa ustidan qulupnaylarni solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qaymoqni quyib, xamirni aralashtirib olamiz.

Muhim! Qaymoqni retseptda ko'rsatilgn miqdordan ko'p solmang, aks holda pechenyelar juda yoyilib ketadi.

Qadam 6
Tugallandi

Pergament qog'oz to'shalgan qolip yoki patnisga qoshiq yordamida xamirlardan solib chiqamiz.

O'rtasida yetarlicha joy qoldiramiz, chunki pechenyelar pishish jarayonida ozroq yoyilib ketadi.

Qadam 7
Tugallandi

180 C darajada qizigan pechda 20 daqiqa yoki qizarib pishguniga qadar pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 40 daqiqa
  • Portsiya 14
  • Oddiy
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
100 gramm qulupnay
70 gramm
140 gramm un
50 gramm muzdek sariyog'
85 gramm 35 %li yog'li qaymoq
1 choy qoshiq qabartma
1 choy qoshiq vanil shakari
bir chimdim tuz
oldingi
Povidloli oshirma pirog
keyingi
Videoretsept: Quyultirilgan sut bilan pishirilgan ponchiklar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.