fbpx
Videoretsept: qulupnay bilan tvorogli toblatma

Videoretsept: qulupnay bilan tvorogli toblatma

Masalliqlar:

  • Qayla uchun

Yo’nalishlar

Mayin tvorogli toblatma va xushbo’y qulupnayli qayla uyg’unligi juda mazalidir, va tayyorlanishi oson. Bunday toblatma ham nonushta uchun, ham choy oldiga shirinlik sifatida a’lo tanlov. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 60 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
600 gramm 5-9 % li tvorog
3 ta tuxum
120 gramm qaymoq yoki smetana
160 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
40 gramm manna yormasi
Qayla uchun
250 gramm qulupnay
50 gramm shakar
50 millilitr suv
120 gramm makkajo'xori kraxmali
Qadam 1
Tugallandi

Toblatma tayyorlaymiz

Chuqur idishda tvorog, tuxum. qaymoq, vanil shakari va manna yormasini birlashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Aralashmani blenderlaymiz.

Qadam 3
Tugallandi

18 sm diametrlik qolipga pergament qog’ozi solib, ustiga tvorogli aralashmani quyamiz va qolip ichida tekkislaymiz.

Qadam 4
Tugallandi

180С darajada 40-50 daqiqa davomida pishiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qayla tayyorlaymiz

Tovada ikkiga bo’lingan qulupnay, shakar va suvni birlashtiramiz. O’rtacha olovda 5 daqiqa davomida, aralashtirib turgan holda, qaynatamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Kraxmal qo’shamiz. Qulaylik uchun kraxmalni oldindan 50 ml suv bilan aralashtirib, keyin qulupnayga qo’shamiz. Yana 3 daqiqa davomida quyylguncha qaynatamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tayyor toblatmani butunlay sovutib, ustiga qulupnayli qaylamizni quyamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1,5 soat
  • Portsiya 3
  • O’rtacha
  • 180C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
600 gramm 5-9 % li tvorog
3 ta tuxum
120 gramm qaymoq yoki smetana
160 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
40 gramm manna yormasi
Qayla uchun
250 gramm qulupnay
50 gramm shakar
50 millilitr suv
120 gramm makkajo'xori kraxmali
oldingi
Videoretsept: sinnabon-pankeyklar
keyingi
Videoretsept: «Oftob» pitsasi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.