fbpx
Videoretsept: Qozon kabob

Videoretsept: Qozon kabob

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Go’sht isi va va ziravorlar bilan to’yinib pishgan yangi chiqqan kartoshkadan mazaliroq taom bo’lmasa kerak.

Ushbu taom ortiqcha urinishlarni talab etmasa ham, juda mazali bo’lib chiqadi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
1 kilogramm yangi chiqqan kartoshkalar
150 gramm qizil sabzi hoxushga ko'ra
400 gramm qo'y bo'yni
2 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
2 choy qoshiq tuz
qovurish uchun o'simlik yog'i
50 millilitr suv
Qadam 1
Tugallandi

Kartoshka va sabzini po'stidan artamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Sabzini 1,5-2 sm qalinlikdagi halqa shaklida to'g'raymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Kartoshkaga tuz va quritilgan paprika solib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qozonga yog' solib, qizdiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Sabzini qizartirib qovurib, idishga olamiz.

Esaltib o'tamiz: sabzini hoxushga qarab solamiz.

Qadam 6
Tugallandi

So'ngra kartoshkani ham baland olovda qizartirib qovurib, idishga olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

So'ngra qozonga katta qo'y go'shti bo'laklarini solib, baland olovda qizartirib qovuramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Olovni pasaytirib, go'sht ustiga qovurilgan kartoshka va sabzini solamiz. Ta'bga ko'ra tuz, paprika, qora murch va zira sepamiz.

Qadam 9
Tugallandi

So'ngra suv quyib, qozon qopqog'ini yopgan holda past olovda 1,5 soat go'sht yumshagunicha pishiramiz.

Qadam 10
Tugallandi

Qozon kabobni laganga solib, ustidan ta'bga ko'ra ko'kat va piyoz sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

Coca-cola ning Instagramdagi rasmiy sahifasi: https://instagram.com/cocacola_uzbekistan

Coca-cola ning youtube dagi rasmiy sahifasi: https://www.youtube.com/playlist?list=PLCIVZWq1FAwdTbHT6ej15IhB45y40XTEs

Reklama huquqi asosida

  • 2 soat
  • Portsiya 4
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
1 kilogramm yangi chiqqan kartoshkalar
150 gramm qizil sabzi hoxushga ko'ra
400 gramm qo'y bo'yni
2 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
2 choy qoshiq tuz
qovurish uchun o'simlik yog'i
50 millilitr suv
oldingi
Videoretsept: pishirishni talab etmaydigan qulupnayga ega tvorogli tort
keyingi
Videoretsept: pekin karamidan salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.