Videoretsept: qovoqli bulochkalar nachinka bilan
Masalliqlar:
-
200 millilitr iliq sut
-
250 gramm qovoq pyuresi
-
10 gramm Dr.Oetkerdan tez ta'sir etuvchi xamirturush
-
100 gramm shakar
-
2 ta tuxum
-
100 gramm sariyog'
-
800 gramm un
-
1 choy qoshiq kurkuma
-
1 choy qoshiq vanilin-intensiv Dr.Oetker
-
1 choy qoshiq tuz
-
20 millilitr zaytun yog'i
-
3 ta o'rtacha olma
-
40 gramm shakar
-
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv
-
dolchin tayoqchasi
Yo’nalishlar
Oshqovoq shaklidagi bulochkalar ham hayratlantiradi, ham ajablantiradi. Ular kuz ramzidir. Bunday bulochkalar dasturxoningizga kuz kayfiyatini bag’ishlaydi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 45 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
200 millilitr iliq sut | |
250 gramm qovoq pyuresi | |
10 gramm Dr.Oetkerdan tez ta'sir etuvchi xamirturush | |
100 gramm shakar | |
2 ta tuxum | |
100 gramm sariyog' | |
800 gramm un | |
1 choy qoshiq kurkuma | |
1 choy qoshiq vanilin-intensiv Dr.Oetker | |
1 choy qoshiq tuz | |
20 millilitr zaytun yog'i | |
3 ta o'rtacha olma | |
40 gramm shakar | |
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv | |
dolchin tayoqchasi |
O’rtacha hajmdagi qovoqni yuvib, bo’laklarga kesib, pergament qog’ozi solingan pech patnisiga teramiz.
Qovoq ustiga zaytun yog’i quyib, 200 °С gacha qizdirilgan pechga 30 daqiqaga, yumshaguncha, pishirgani qo’yamiz.
Tayyor qovoq bo’lakchalarini sovutib, archib, blender yordamida pyure holatiga keltiramiz.
Iliq sutga shakar, tuxum, vanilin, qovoq pyuresi, kurkuma va eritilgan sariyog’ solib, aralashtiramiz.
Elangan unga xamirturush qo’shamiz.
Unni suyuq masalliqlarga qo’shib, xamir qoramiz. Xamir biroz yopishqoq bo’ladi.
Xamirli idishni plyonka bilan berkitib, issiq joyga 1,5 soatga qo’yamiz.
Olma po’stlog’ini tozalab, mayda to’g’raymiz va shakar bilan aralashtiramiz.
Oshgan xamirni 12 teng bo’lakga bo’lib, dumaloq shaklga keltirib, ustini yopamiz.
Har-bir dumaloqchani biroz yoyib, o’rtasiga nachinka solamiz. Chetlarini o’rtaga yeg’ib, shar hosil qilamiz.
Har-bir dumaloqchani ip yordamida 8 ga bo’lib bog’laymiz. Chiroyli chiqishi uchun qalin ipda bog’lash kerak.
Pergament qog’ozi solingan patnisga terib, 20 daqiqaga qoldiramiz.
Oshgan bulochkalariga tuxum sarig’ini surtib, dolchin tayoqchalari bilan bezatamiz.
Masalliqlar:
200 millilitr iliq sut | |
250 gramm qovoq pyuresi | |
10 gramm Dr.Oetkerdan tez ta'sir etuvchi xamirturush | |
100 gramm shakar | |
2 ta tuxum | |
100 gramm sariyog' | |
800 gramm un | |
1 choy qoshiq kurkuma | |
1 choy qoshiq vanilin-intensiv Dr.Oetker | |
1 choy qoshiq tuz | |
20 millilitr zaytun yog'i | |
3 ta o'rtacha olma | |
40 gramm shakar | |
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv | |
dolchin tayoqchasi |