fbpx
Videoretsept: qovoqchadan tovuqli pasta

Videoretsept: qovoqchadan tovuqli pasta

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Sabzavotlar mavsumi avjida, oson va tez tayyorlanadigan taom – qovoqchadan tovuqli pastani tayyorlab ko’rishni tavsiya qilamiz. U juda tez tayyorlanadi, natijada esa juda mazali taom pishadi. Bu foydali gazak yoki tushlik uchun to’g’ri keladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 25 000 so’m.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm qovoqcha
200 gramm tovuq filesi
100 gramm pomidor cherry
50 gramm qattiq pishloq
10 gramm sariyog'
2 osh qoshiq qaymoq yoki smetana
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
Qadam 1
Tugallandi

Qovoqchani ingochka somoncha shaklida, «lapsha» qilib to’g’raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tovuq filesini o’rtacha kubik shaklida to’g’raymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Cherri pomidotini o’rtasida bo’lib, pishloqni mayda qirg’ichdan chiqaramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tovuq filesini sariyog’da 5-7 daqiqa davomida qovuramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qovoqchadan lapsha va cherri pomidorini qo’shamiz. Qopqoq ostida 3-5 daqiqa davomida past olovda dimlaymiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tuz, murch va smetana qo’shib aralashtiramiz va yana 2 daqiqa dimlaymiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tayyor taom ustiga qirg’ichdan chiqarilgan pishloq sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 30 daqiqa
  • Portsiya 2
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm qovoqcha
200 gramm tovuq filesi
100 gramm pomidor cherry
50 gramm qattiq pishloq
10 gramm sariyog'
2 osh qoshiq qaymoq yoki smetana
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
oldingi
Videoretsept: shivit qo’shilgan pishloqli bulochkalar
keyingi
Videoretsept: yogurtli chizkeyk

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.