fbpx
Videoretsept: Qorbobo uchun pechenye

Videoretsept: Qorbobo uchun pechenye

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Boshqa mamlakatlarda Santa Klaus uchun stolda pechenye va bir stakan sut qoladirishadi. U shirin pechenyedan bahramand bo’lib, bolalar uchun sovg’alar qoldirishi uchun.

Bolalar, albatta, Santa Klaus uchun pechenyelar pishirishni yoqtirishadi, chunki ular Yangi yilni intiqlik bilan kutadilar va mo’jizalarga ishonadilar.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
120 gramm sariyog'
1 ta tuxum
160 gramm un
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
1 choy qoshiq iste'mol sodasi
120 gramm maydalangan suli parchalari
200 gramm shakar
120 gramm qora shokolad
140 gramm m&m's konfetlari
Qadam 1
Tugallandi

Suli yormasi va shokoladni maydalaymiz. Barcha quruq mahsulotlarni qavatma-qavat bankaga solamiz (shunda qiziqarliroq bo'ladi) ammo barchasini idishga solib, aralashtirib yuborish ham mumkin.

Qadam 2
Tugallandi

Yumshatilgan sariyog'ni ko'pirtirib, tuxum solib, yana ko'pirtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tuxum va sariyog'li massaga barcha quruq masalliqlarni solib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Hosil bo'lgan massadan yong'oqdan ozroq kattaroq dumaloqchalar hosil qilib, pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Dumaloqchalarni bir-biridan 3 sm oraliqda joylashtirih kerak.

180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 12-15 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Pechenyelarni sovutib, sut bilan birga dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Homiy Invento bolalar bog'chasi (Invento International School)

Sayt: invento.uz
Telegram: t.me/inventouz
Instagram: instagram.com/inventouz
Facebook: facebook.com/inventouz

Telefon: 71 210 9999
Manzil: Shayxontoxur tumani, Furqat ko'chasi, Tashkent City

reklama huquqi asosida

  • 40 daqiqa
  • Portsiya 20
  • Oddiy
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
120 gramm sariyog'
1 ta tuxum
160 gramm un
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
1 choy qoshiq iste'mol sodasi
120 gramm maydalangan suli parchalari
200 gramm shakar
120 gramm qora shokolad
140 gramm m&m's konfetlari
oldingi
Qaymoqli qaylaga ega tovuq
keyingi
Videoretsept: pishirishni talab etmaydigan tvorogli chizkeyk

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.