fbpx
Videoretsept: Qiymali ratatuy taomi

Videoretsept: Qiymali ratatuy taomi

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Sabzavotlarning g’arq pishgan mavsumida ulardan mazali va foydali taomlar tayyorlashga shoshiling. Ana shunday taomlardan biri bu ratatuy taomidir.

Ratatuy to’yimliroq chiqishi uchun esa, uni qiymali kotletlar bilan tayyorlaymiz.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 30 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm mol go'shtidan qiyma
2 ta piyoz
1 dona tuxum
ta'bga qarab xohlagan ko'katlar
2 ta baqlajon
2 ta qovoqcha
1 dona qizil bulg'or qalampiri
1 dona yashil bulg'or qalampiri
2-3 dona kartoshka
3 ta pomidor
ta'bga qarab tuz va murch
250 millilitr suv
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
2-3 osh qoshiq pomidor pastasi
Qadam 1
Tugallandi

Piyozni go'shtqiymalagichdan chiqaramiz va qiymaga solamiz, ustidan esa tuxum, ko'katlar va tuzni ham solamiz.

Aralashtiramiz va ulardan kotletlar yasab olamiz. Taxminan 9-10 dona kotletlar hosil bo'ladi.

Qadam 2
Tugallandi

Sabzavotlarni tozalab, 1 sm qalinlikda parrak qilib to'g'rab olamiz. Bulg'or qalampirini to'rtburchak qilib to'g'rashimiz mumkin.

Qadam 3
Tugallandi

Bulg'or qalampiri va pomidorlardan tashqari barcha sabzavotlarni o'simlik yog'ida ikki tomonidan qizartirib olamiz.

Eng oxirida kotletlarni pishirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Chop'chaga sabzavot va qiymani ketma-ket terib chiqamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Suvga pomidor pastasi, tuz, mayda to'g'ralgan sarimsoqpiyoz solib aralashtiramiz va ratatuyning ustidan quyamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qolipni folga bilan yopamiz va 220 c qizigan gaz pechida 30 daqiqa davomida pishirib olamiz. 15 daqiqadan so'ng folgani olib tashlab, yana 15 daqiqa folgasiz pishiramiz.

Issiqligida dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 60 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 200 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm mol go'shtidan qiyma
2 ta piyoz
1 dona tuxum
ta'bga qarab xohlagan ko'katlar
2 ta baqlajon
2 ta qovoqcha
1 dona qizil bulg'or qalampiri
1 dona yashil bulg'or qalampiri
2-3 dona kartoshka
3 ta pomidor
ta'bga qarab tuz va murch
250 millilitr suv
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
2-3 osh qoshiq pomidor pastasi
oldingi
Pishirilgan sabzavotlardan tayyorlanilgan qayla
keyingi
Pesto qaylasi bilan tayyorlangan gulchambar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.