Videoretsept: qisqichbaqa tayoqchalaridan guruch va makkajo’xorilik salat
Masalliqlar:
-
100 gramm yumaloq donli guruch
-
250 gramm qisqichbaqa tayoqchalari
-
4 ta qaynatilgan tuxum
-
2 ta bodring
-
300 gramm konservalangan makkajo'xori
-
50 gramm smetana
-
60 gramm mayonez
-
1 choy qoshiq tuz
Yo’nalishlar
Barcha sevadigan va biladigan qisqichbaqa tayoqchalaridan salatning qiziqarli ko’rinishi. Guruch qo’shilganligi sababli u juda to’yimli, masalliqlarni oldindan qaynatib olsangiz esa tayyorlashga bir-necha daqiqa vaqt sarflaysiz.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 10 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
100 gramm yumaloq donli guruch | |
250 gramm qisqichbaqa tayoqchalari | |
4 ta qaynatilgan tuxum | |
2 ta bodring | |
300 gramm konservalangan makkajo'xori | |
50 gramm smetana | |
60 gramm mayonez | |
1 choy qoshiq tuz |
Guruchni tuzli suvda yumshaguncha 10-12 daqiqa davomida pishiramiz. Qaynayotgan paytda guruchni aralashtirib turamiz.
Guruchni uzoq qaynatmaslik kerak, u yumshoq ammo dona-dona bo’lishi kerak. Bu salatga dumaloq guruch to’g’i keladi.
Tayyor guruchni durshlagga olib, oqayotgan sovuq suv ostida yaxshilab yuvamiz. Suvni to’kib, guruchni sovutgani qoldiramiz.
Tuxumni qattiq qilib qaynatamiz, suv qaynaganidan so’ng 8-10 daqiqa davomida. Sovuq suv ostida sovutamiz. Tozalab, mayda kubik shaklida to’g’raymiz.
Bodringni yuvib, quritib, mayda kubik shaklida to’g’raymiz.
Eritilgan qisqichbaqa tayoqchalarini kubik shaklida to’g’raymiz.
Chuqur idishda guruch, tuxum, qisqichbaqa tayoqchalari, bodring, konservalangan makkajo’xori, smetana, mayonez va tauzin aralashtiramiz.
Salatni katta salat uchun idishda yoki kulinar qolip yordamida tarelkada dasturxonga tortish mumkin. Kulinar qolipni tekkis tarelka ustiga qo’yib, ichiga salat solamiz, qoshiqda ustini bosib, so’ngra uzukni olib tashlaymiz. Bunday qolipingiz bo’lmasa, salatni piyola yoki kosaga solig, bosib, keyin tarelkaga aylantirishingiz mumkin.
Masalliqlar:
100 gramm yumaloq donli guruch | |
250 gramm qisqichbaqa tayoqchalari | |
4 ta qaynatilgan tuxum | |
2 ta bodring | |
300 gramm konservalangan makkajo'xori | |
50 gramm smetana | |
60 gramm mayonez | |
1 choy qoshiq tuz |