Videoretsept: «Qirolicha Viktoriya» torti
Masalliqlar:
-
biskviti uchun
-
250 gramm sariyog'
-
250 gramm shakar
-
250 gramm un
-
10 gramm dr.Oetkerdan qabartma
-
4 ta tuxum
-
1 ta limon sedrasi
-
1 ta Dr.Oetkerdan tabiiy vanilli vanil shakari
-
100 gramm qulupnayli jem
-
kremi uchun
-
300 gramm 35 %li yog'li qaymoq
-
70 gramm shakar upasi
-
1 ta dr.Oetkerdan qaymoq quyiltiruvchi kukun
Yo’nalishlar
Biskvitdan tayyorlanadigan ushbu tort, angliya qirolichasi Viktoriya nomi bilan atalgan. Biskvit uchun hech qanday qiyomni keragi yo’q, uning o’zi yetarlicha shirin ta’mga ega va yumshoq bo’lib chiqadi.
Oddiy qaymoqli krem va qulupnyli jem uni ajoyib tarzda to’ldirib turadi. Ha aytgancha, qaymoqni shakar upasi bilan ko’pirtirayotganda, dr.Oetkerdan qaymoq quyiltiruvchi kukunni ham solishni unutmang, shunda sizda havodor va mayin krem hosil bo’ladi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 60 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
biskviti uchun |
|
250 gramm sariyog' | |
250 gramm shakar | |
250 gramm un | |
10 gramm dr.Oetkerdan qabartma | |
4 ta tuxum | |
1 ta limon sedrasi | |
1 ta Dr.Oetkerdan tabiiy vanilli vanil shakari | |
100 gramm qulupnayli jem | |
kremi uchun |
|
300 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
70 gramm shakar upasi | |
1 ta dr.Oetkerdan qaymoq quyiltiruvchi kukun |
Shakar va yumshatilgan sariyog'ni mikserda 3-5 daqiqa ko'pirtiramiz.
So'ngra yog'li massaga bittadan tuxum solamiz (xona haroratida bo'lishi kerak), har biridan so'ng yaxshilab, tahminan 1 daqiqadan ko'pirtirib turamiz.
Vanil shakari solib, aralashtiramiz.
Alohida idishda un va qabartmani aralashtiramiz. So'ngra unli massani ko'pirtirilgan massaga oz-ozdan solamiz.
1 ta limon yoki apelsin sedrasini solamiz.
18-22 sm diametrga ega qoliplarga xamirni ikkiga bo'lib solib, tekkislaymiz. 185 C darajada qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqa pishirib olamiz.
Tayyor korjlarni gaz pechi panjarasida 5 daqiqa sovutamiz. Agar vaqt bo'lsa, har bir ko'rjni yopishqoq plyonkaga o'rab, muzlatgichga 2 soatga, korjlar na'mlanishi uchun yuboramiz.
Korjlarning tepa qismini kesib chiqamiz.
Krem tayyorlaymiz:
Sovuq qaymoqni shakar upasi va qaymoq quyiltiruvchi kukun bilan ko'pirtiramiz va konditer qopchasiga solamiz (ammo bu shart emas).
Har bir korjga qulupnayli jemni yaxshilab surtib chiqamiz.
Ustidan krem surtib, agar bo'lsa rezavor mevalardan qo'yib chiqamiz.
Usidan ikkinchi korjni qo'yib, tort ustini qolgan krem va rezavor mevalar bilan bezatamiz.
Masalliqlar:
biskviti uchun |
|
250 gramm sariyog' | |
250 gramm shakar | |
250 gramm un | |
10 gramm dr.Oetkerdan qabartma | |
4 ta tuxum | |
1 ta limon sedrasi | |
1 ta Dr.Oetkerdan tabiiy vanilli vanil shakari | |
100 gramm qulupnayli jem | |
kremi uchun |
|
300 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
70 gramm shakar upasi | |
1 ta dr.Oetkerdan qaymoq quyiltiruvchi kukun |