fbpx
Videoretsept: qaymoqli kulich

Videoretsept: qaymoqli kulich

Masalliqlar:

  • xamiri uchun

  • glazuri uchun

Yo’nalishlar

Mayin qaymoq ta’mi bilan to’yintirilgan mazali va xushbo’y kulich retseptini taqdim etamiz.

Albatta tayyorlab ko’ring va oila a’zolaringizni xursand qiling!

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
7 gramm Dr.Oetkerdan tez ta'sir etuvchi xamirturush
400 gramm MAKFA uni
200 millilitr 20-35 % li qaymoq
150 gramm shakar
100 gramm sariyog'
bir chimdim tuz
2 ta tuxum
1 ta Dr.Oetker vanil shakari
100 gramm mayiz
1 ta limon sedrasi
glazuri uchun
150 gramm shakar
30 millilitr suv
5 gramm Dr.Oetker jelatini
30 millilitr suv jelatin uchun
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz:

Unga tez ta'sir etuvchi xamirturush va tuz solib, venchik yordamida aralashtiramiz.

Dr.Oetkerning tez ta'sir etuvchi xamirturushining afzalligi shundaki, opara hosil qilishning hojati yo'q, unga solib, xamir qorish mumkin.

Qadam 2
Tugallandi

Iliq qaymoq, shakarning yarimi, vanil shakri va limon sedrasini alohida aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tuxumni qolgan shakar bilan qattiq pik holiga kelgunicha ko'pirtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

So'ngra ko'pirtirilgan tuxumni qaymoq bilan aralashtirib, unli massaga qo'shamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamir qorishni boshlab, juda yumshoq sariyog' solamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Yaxshilab xamir qoramiz. Ozroq qo'lga yopishadigan xamir bo'lishi lozim.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirni idishga olib, ustini yopishqoq plyonka bilan yopamiz va issiq joyga 1,5-2 soatga yuboramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Oshgan xamirga mayizni solamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Xamirni 4 ga bo'lib, 9 sm diametrga ega qoliplarga solib chiqamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Xamirga ega qoliplarni issiq joyga yana 20-30 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 11
Tugallandi

Kulichlarni 170 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 30 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 12
Tugallandi

Glazur tayyorlaymiz:

Jelatinga suv quyib (30 ml), ishishi uchun qoldiramiz.

Qadam 13
Tugallandi

Idishda shakar va suvni qaynatib, qiyom qilamiz.

Qadam 14
Tugallandi

Qiyomni idishga olib, ichiga ishgan jelatinni solamiz. Aralashtirib, hali issiqligida mikserning eng baland tezligida ko'pirtiramiz.

Massa oqarib quyiladi.

Kulichlar ustiga surtib, bezaklar sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

reklama huquqi asosida

  • Portsiya 4
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
7 gramm Dr.Oetkerdan tez ta'sir etuvchi xamirturush
400 gramm MAKFA uni
200 millilitr 20-35 % li qaymoq
150 gramm shakar
100 gramm sariyog'
bir chimdim tuz
2 ta tuxum
1 ta Dr.Oetker vanil shakari
100 gramm mayiz
1 ta limon sedrasi
glazuri uchun
150 gramm shakar
30 millilitr suv
5 gramm Dr.Oetker jelatini
30 millilitr suv jelatin uchun
oldingi
Yangi kartoshka va gulkaramdan taom
keyingi
Videoretsept: olchaga ega shokoladli keks

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.