fbpx
Videoretsept: qatlama xamirdan nachinkali savatchalar

Videoretsept: qatlama xamirdan nachinkali savatchalar

Masalliqlar:

  • Quymoq uchun

Yo’nalishlar

Muzlatgichda tayyor qatlama xamir – tez biron-narsa pishirish kerak bo’lgan paytda juda asqatadi. Misol uchun, mana binday mazzali, ishtaha ochar va to’yimli nachinkali savatchalar. Ular ham nonushta uchun, ham tagaddi ucun, ham gaza sifatida to’g’ri keladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 70 000 so’m.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm tayyor qatlamali xamirturushsiz xamir
1 bog' ko'k piyoz
100 gramm me'yoridan past tuzlangan lasos yoki forel balig'i
50 gramm kolbasa
50 gramm tvorogli pishloq
Quymoq uchun
200 millilitr 15-20 % li qaymoq
2 ta tuxum
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
Qadam 1
Tugallandi

Tayyor xamirni ustidagi ko’rsatmalariga binoan eritamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Stolni unlab, qatlama xamirni biroz yoyamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qolip yoki stakan yordamida dumaloq shaklda xamir kesib, keks uchun qolipga solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Baliq va kolbasani o’rtacha kubik shaklida to’g’raymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Ko’k piyozni mayda to’g’raymiz.

Qadam 6
Tugallandi

Idishda qaymoq, tuxum, tuz va murchni aralashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Bir-nechta xamir ichiga baliq, qolganiga esa kolbasa solamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Har bir xamir ichiga 1 choq qoshiqdan tvorogli pishloq va ko’k piyoz qo’shamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Qaymoq va tuzli quymoqni yarimigacha quyamiz.

Qadam 10
Tugallandi

180 С gacha qizdirilgan pechga 20-25 daqiqaga qizarib pishguncha qo’yamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Tayyor savatchalarni sovutib, qolipdan chiqaramiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 50 daqiqa
  • Portsiya 10
  • Oddiy
  • 180C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm tayyor qatlamali xamirturushsiz xamir
1 bog' ko'k piyoz
100 gramm me'yoridan past tuzlangan lasos yoki forel balig'i
50 gramm kolbasa
50 gramm tvorogli pishloq
Quymoq uchun
200 millilitr 15-20 % li qaymoq
2 ta tuxum
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
oldingi
Videoretsept: marmar keks
keyingi
Videoretsept: go’shtli nachinka bilan «stromboli»

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.