Videoretsept: Qatlama
Masalliqlar:
-
400 gramm 1-navli un
-
1 osh qoshiq 9% li sirka
-
1 ta tuxum
-
1 choy qoshiq tuz
-
120 millilitr iliq suv
-
30 millilitr o'simlik yog'i
-
200 gramm qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Mazali, tez tayyorlaniladigan qovurilgan qatlamalar tayyorlash ko’p masalliqlar va vaqtni talab etmaydi.
Ularni oldindan ko’proq tayyorlab qo’yib, muzlatgichda anchagacha saqlash mumkin.
Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 9 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
400 gramm 1-navli un | |
1 osh qoshiq 9% li sirka | |
1 ta tuxum | |
1 choy qoshiq tuz | |
120 millilitr iliq suv | |
30 millilitr o'simlik yog'i | |
200 gramm qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
Iliq suvga tuz va sirkani solamiz, aralashtiramiz.
Idishga un, tuxum, tuzli aralashma va yog'ni solib, xamir qorib olamiz.
Xamirni mushtlab olib, qolgan yog'ni surtamiz. Ustini sochiq bilan yopib, 30 daqiqaga tindirib qo'yamiz.
Xamirni 1-2 mm qalinlikda yupqa qilib yoyamiz.
Margarinimizni eritib, yoygan xamirning ustiga surtib chiqamiz.
So'ng xamirni ruletga o'xshab o'rab chiqamiz.
Pichoq yordamida xamirlarni 5-6 sm qalinlikda kesib chiqamiz. Hozirgi xamirimizdan 14-16 dona qatlama uchun kulchachalar chiqadi.
Kesilgan xamirlar likopchaga teriladi va usti yelim qog'ozda yopiladi. Xamirdagi margarin yaxshiroq qotishi uchun 10-15 daqiqaga muzlatgichga yo'llanadi.
So'ng xamirlarni olib yoyamiz va yog' solingan tovada qovurib olamiz. Ta'bga qarab, ustidan shakar sepamiz. Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
400 gramm 1-navli un | |
1 osh qoshiq 9% li sirka | |
1 ta tuxum | |
1 choy qoshiq tuz | |
120 millilitr iliq suv | |
30 millilitr o'simlik yog'i | |
200 gramm qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |