fbpx
Videoretsept: Pishloqli, tovuq go’shtidan kotletlar

Videoretsept: Pishloqli, tovuq go’shtidan kotletlar

Masalliqlar:

  • Qiymasiga

  • Asosiga

  • Belash uchun

Yo’nalishlar

Ichi yumshoqqina, usti qarsildoq, pishloqning xushbo’y isiga to’yintirilgan bu kotletlar og’zingizda erib ketadi. Bu usulda tayyorlangan kotletlar oddiylariga nisbatan juda mazali, tayyorlanishi esa ular bilan deyarli bir xil.

Bizning videoretseptni tomosha qiling va yaqinlaringizni tezroq bu taom bilan siylang.

Masalliqlar:

Portsiya:
Qiymasiga
600 gramm tovuq go'shti (lahm)
1 bosh piyoz
1 ta tuxum
1-2 tishcha sarimsoqpiyoz
2-3 osh qoshiq maydalangan suxari
ta'bga qarab tuz
ta'bga qarab yanchilgan achchiq qalampir
ta'bga qarab qora murch
Asosiga
100 gramm qattiq pishloq
2 ta yaxshilab qaynatilgan tuxum
1 bog' ko'k piyoz
1 bog' kashnich
50 gramm yumshatilgan sariyog'
Belash uchun
2 ta tuxum
4-5 osh qoshiq maydalangan suxari
3 osh qoshiq un
Qadam 1
Tugallandi

Asos

Pishloq va qaynatilgan tuxum qirg'ichning kichkina tishidan o'tkaziladi.

Qadam 2
Tugallandi

Ustidan mayda to'g'ralgan ko'katlar va yumshatilgan sariyog' solib aralashtiriladi.

Qadam 3
Tugallandi

Hammasi yaxshilab aralashtiriladi va ehtiyojga qarab tuz solinadi. Hosil bo'lgan massa teng bo'lakchalarga ajratiladi va ularga oval shakl beriladi.

Qadam 4
Tugallandi

Ular idishga teriladi va 15 daqiqaga muzlatgichga qo'yiladi.

Qadam 5
Tugallandi

Tovuq go'shti va piyoz qiymalagichdan o'tkaziladi.

Qadam 6
Tugallandi

Tuxum, maydalangan sarimsoqpiyoz, tuz, murch va maydalangan suxari solib, yaxshilab aralashtiriladi.

10 daqiqaga tindirib qo'yiladi.

Qadam 7
Tugallandi

Qo'llarni ho'llab, qiyma qo'lga kulchadek yoyiladi.

Qadam 8
Tugallandi

Ichiga pishloqli asos solib, oval shakliga keltiriladi.

Qadam 9
Tugallandi

Tayyor kotletlar avval unga, so'ng tuxumga va eng oxirida maydalangan suxarilarga belab olinadi. (Agar ularni darhol qovurib olmasangiz, sovutgichga qo'yishingizga to'g'ri keladi).

Qadam 10
Tugallandi

Tovada yog' qizdirilib, kotletlar ikkala tomonidan yaxshilab qizartirib pishiriladi. Yoqimli ishtaha!

Yangi yil dasturxoningizda mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a'zo bo'ling.

  • 60 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Qiymasiga
600 gramm tovuq go'shti (lahm)
1 bosh piyoz
1 ta tuxum
1-2 tishcha sarimsoqpiyoz
2-3 osh qoshiq maydalangan suxari
ta'bga qarab tuz
ta'bga qarab yanchilgan achchiq qalampir
ta'bga qarab qora murch
Asosiga
100 gramm qattiq pishloq
2 ta yaxshilab qaynatilgan tuxum
1 bog' ko'k piyoz
1 bog' kashnich
50 gramm yumshatilgan sariyog'
Belash uchun
2 ta tuxum
4-5 osh qoshiq maydalangan suxari
3 osh qoshiq un
oldingi
Tort «Monomax qalpog’i»
keyingi
Mol go’shtidan Vellington

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.