Videoretsept: pishloq va tvorogli kish
Masalliqlar:
-
xamir uchun
-
220 gramm un
-
100 gramm Valio sariyog'i
-
1 ta tuxum
-
0,5 choy qoshiq tuz
-
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
-
asosiga
-
200 gramm tvorog
-
250 gramm Oltermanni Alkuperäinen pishlog'i
-
2 ta tuxum
-
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
bir nechta shivit shoxchalari
Yo’nalishlar
Yumshoq qumoq xamirga ega ushbu pishloq va tvorogli pirog barchaga manzur kelishi aniq. Uni ham issiq, ham sovuq tarzda dasturxonga tortish mumkin.
Ertalabki bir finjon qahvaga ajoyib qo’shimcha bo’la oladi. Retseptimizning siri – faqatgina tabiiy va yuqori sifatli mahsulotlardadir.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 55 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
xamir uchun |
|
220 gramm un | |
100 gramm Valio sariyog'i | |
1 ta tuxum | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
asosiga |
|
200 gramm tvorog | |
250 gramm Oltermanni Alkuperäinen pishlog'i | |
2 ta tuxum | |
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
bir nechta shivit shoxchalari |
Xamir tayyorlaymiz:
Idishga un solib, unga sovuq sariyog'ni qirg'ichdan chiqaramiz. Qo'lda qumoq shakliga keltirib olamiz.
Tuz va qabartma solib, aralashtiramiz.
Tuxum solib, xamir qoramiz va xamirni dumaloq shakliga keltirib, 30 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.
Asosini tayyorlaymiz:
Asosi uchun tvorog va qirg'ichdan chiqarilgan pishloqni aralashtiramiz.
Tuxum, pressdan chiqarilgan sarimsoqpiyoz va ko'katlar solib, aralashtiramiz.
Xamir yoyamiz, xamirni 2 ta pergament qog'ozi o'rtasida yoygan osonroq. So'ngra o'qlov yordamida xamirni qolipga o'tkazamiz. Qolipning diametri 24-25 sm, qolipingiz yechiladigan bo'lsa, qulayroq bo'ladi.
Xamirni sanchqi yordamida teshib chiqib, asosini solamiz.
Masalliqlar:
xamir uchun |
|
220 gramm un | |
100 gramm Valio sariyog'i | |
1 ta tuxum | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
asosiga |
|
200 gramm tvorog | |
250 gramm Oltermanni Alkuperäinen pishlog'i | |
2 ta tuxum | |
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
bir nechta shivit shoxchalari |