fbpx
Videoretsept: pishirishni talab etmaydigan tvorog va maymunjonli tort

Videoretsept: pishirishni talab etmaydigan tvorog va maymunjonli tort

Masalliqlar:

  • asosiga

Yo’nalishlar

Pishirishni talab etmaydigan tvorog va maymunjonli tort tayyorlashni tavsiya etamiz. Ushbu tortga o’zingiz istagan rezavor mevangizdan solishingiz mumkin. U tortga yoqimli hid va rang beradi.

Mayin tvorog va maymunjonli tort muzlatgichda tayyorlanadi va sizdan ortiqcha urunishlarni talab etmaydi. Eng asosiysi sifatli va yangi mahsulotlardan foydalanishdir.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 60 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm 5-9 % li tvorog
150 gramm smetana
20 gramm jelatin
100 gramm muzdek suv
200-250 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
400 gramm maymunjon
asosiga
180 gramm qumoq pechenye (pesochniy)
80 gramm eritilgan sariyog'
Qadam 1
Tugallandi

Qumoq, shokoladli yoki oddiy pechenyeni o'qlov yordamida maydalab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Eritilgan sariyog' solib, aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Hosil bo'lgan massani 20-22 sm diametrga ega qolip tagiga solib, tekkislaymiz. Bu desertni asosi bo'ladi.

Qadam 4
Tugallandi

Tvorog, smetana, shakar va vanil shakarini qo'l blenderi yordamida maydalaymiz. So'ngra chetga olib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Jelatinga sovuq suv solib, ishishi uchun 15-20 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Maymunjonni blender yordamida maydalaymiz. Danaklardan halos bo'lish uchun sitadan o'tkazamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Idishda jelatinni erigunicha isitamiz (ammo qaynatmaymiz). So'ngra unga rezavor mevali pyureni qo'shib, yana ozroq isitamiz(1 daqiqa).

Qadam 8
Tugallandi

Jelatin va rezavor mevali aralashmani tvorogli massaga ingichka qilib quyamiz. Mikserda ko'pirtiramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Tvorog va rezavor mevali massani pechenye solingan qolipga quyamiz. Ustini rezavor mevalar bilan bezatib, 4-5 soatga muzlatgichga yuboramiz.

Tayyor desertni qolipdan olib, ta'midan bahramand bo'lamiz!
Yoqimli ishtaha)

Rasmiy instagram sahifasi:artel_official

Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt

Reklama huquqi ostida

  • Portsiya 8
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm 5-9 % li tvorog
150 gramm smetana
20 gramm jelatin
100 gramm muzdek suv
200-250 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
400 gramm maymunjon
asosiga
180 gramm qumoq pechenye (pesochniy)
80 gramm eritilgan sariyog'
oldingi
«Bir yosh uchun» kichkintoyga tort
keyingi
Videoretsept: rezavor mevali kremga ega biskvitli rulet

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.