fbpx
Videoretsept: pechenyedan tayyorlangan tvorogli tort

Videoretsept: pechenyedan tayyorlangan tvorogli tort

Masalliqlar:

  • ganash uchun

Yo’nalishlar

Bunday mazali desert tayyorlash uchun gaz yonida turish shart emas. Pechenyedan tayyorlangan ushbu tvorogli tort pishirishni talab etmaydi.

Qumoq pechenye, mayin tvorogli asos va juda ko’p shokoladli ganash. Shirinlikni sevuchilar uchun haqiqiy jannat!

Tayyor taomning taxminiy narxi – 26 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
250 gramm tvorog
2 osh qoshiq smetana
10 gramm vanil shakari
100 gramm shakar
2 osh qoshiq kakao kukuni
60 gramm sariyog'
12 ta Crafersdan qumoq pechenye (pesochniy)
20 millilitr sut
1 ta banan
ganash uchun
100 gramm "Crafers" qora shokoladi
50 millilitr sut
bezak uchun kokos qirindisi
Qadam 1
Tugallandi

Asosini tayyorlaymiz:

Tvorogni shakar, vanil shakari, eritilgan sariyog' va smetana bilan ko'pirtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Massani ikkiga bo'lib, bittasiga kakao solib, aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Sutni idishga solib, har bir pechenyeni sutga botirib olamiz va folga ustiga to'g'rito'rtburchak shaklida terib chiqamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ustiga birinchi tvorogli massani surtamiz. So'ngra shokoladli massani surtamiz.

Qadam 5
Tugallandi

O'rtasiga banan qo'yib, tortni "uycha" shaklida yig'amiz. Tortni muzlatgichga 2 soatga yuboramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Shokoladni sut bilan suvli hammomda eritamiz. Va desert ustiga quyamiz. Ta'bga ko'ra kokos qirindisi bilan bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!

Instagramdagi rasmiy sahifasi: @crafersuz
Facebookdagi rasmiy sahifasi: @crafersuz
Rasmiy sayt: http://www.crafers.uz/
Rasmiy telegram kanali: crafersuz

Reklama huquqi asosida

  • 40 daqiqa
  • Portsiya 6
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
250 gramm tvorog
2 osh qoshiq smetana
10 gramm vanil shakari
100 gramm shakar
2 osh qoshiq kakao kukuni
60 gramm sariyog'
12 ta Crafersdan qumoq pechenye (pesochniy)
20 millilitr sut
1 ta banan
ganash uchun
100 gramm "Crafers" qora shokoladi
50 millilitr sut
bezak uchun kokos qirindisi
oldingi
Videoretsept: «Pavlova» pirojniyi
keyingi
Jemli pechenye

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.