fbpx
Videoretsept : pechda pishirilgan tovuq va kartoshka

Videoretsept : pechda pishirilgan tovuq va kartoshka

Masalliqlar:

  • Tovuq uchun

  • Kartoshka uchun

Yo’nalishlar

Panjara ustida pishadigan suvli va mazzali tovuq. Pishish jarayonida tovuqdan sok kartoshka ustiga oqadi, tovuq esa mazzali bo’lib pishadi. Oson va tez tayyorlanadi. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 40 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Tovuq uchun
5 dona tovuq sonlari
2 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq kurkuma
2 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1 choy qoshiq qora murch
2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
30 millilitr o'simlik yog'i
Kartoshka uchun
5 ta kartoshka
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq kurkuma
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1 choy qoshiq kashnich urug'i
1 choy qoshiq qora murch
20 millilitr o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Tovuq sonlarini yuvib, quritib, ustini biroz kesamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Chuqur idishda tovuq, ziravorlar, maydalangan sarimsoqpiyoz va o’simlik yog’ini aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tovuq ustini plyonka bilan berkitib, sovutgichga 2 soatga marinadlanishi uchun olib qo’yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Kartoshkani tozalab, o’rtacha bo’laklarga bo’lamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Kartoshka bo’laklariga ziravorlar va o’simlik yog’ini qo’shib, aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Pergament qog’ozi solingan patnisga kartoshkani teramiz. Ustiga pechning panjarasini joylashtirib, uning ustiga tovuq sonlarini teramiz.

Qadam 7
Tugallandi

180C gacha qizdirilgan pechga 1 soat 20 daqiqaga qo’yamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 2 soat
  • Portsiya 4
  • O’rtacha
  • 180C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Tovuq uchun
5 dona tovuq sonlari
2 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq kurkuma
2 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1 choy qoshiq qora murch
2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
30 millilitr o'simlik yog'i
Kartoshka uchun
5 ta kartoshka
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq kurkuma
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1 choy qoshiq kashnich urug'i
1 choy qoshiq qora murch
20 millilitr o'simlik yog'i
oldingi
Videoretsept: Xagrid pechenyesi «Tosh kekslari»
keyingi
Videoretsept: aylantirilgan apelsinli pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.