Videoretsept: pechda pishirilgan tandir somsa
Masalliqlar:
-
Xamir uchun
-
500 gramm un
-
1 osh qoshiq tuz
-
250 millilitr suv
-
1 osh qoshiq "Milter" o'simlik yog'i
-
Nachinka uchun
-
400 gramm qo'y yoki mol g'shti
-
3 ta piyoz
-
2 choy qoshiq tuz
-
2 choy qoshiq qora murch
-
1 choy qoshiq zira
-
1 choy qoshiq achchiq qizil qalampir kukuni
-
4 osh qoshiq "Milter" o'simlik yog'i
-
Surtish uchun
-
200 gramm «Milter» margarini
-
100 gramm dumba yog'i
-
2 ta tuxum oqi
-
2 ta tuxum sarig'i
-
30 gramm kunjut
Yo’nalishlar
Albatta, hech nima tandirda pishirilgan somsaga yetmaydi. Ammo pechda ham unga o’xshash somsa pishirish mumkin. Pishirish jarayonida patnis aylantirilishi sababli, somsa suvliroq va boshqacha shirin bo’lib pishadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
500 gramm un | |
1 osh qoshiq tuz | |
250 millilitr suv | |
1 osh qoshiq "Milter" o'simlik yog'i | |
Nachinka uchun |
|
400 gramm qo'y yoki mol g'shti | |
3 ta piyoz | |
2 choy qoshiq tuz | |
2 choy qoshiq qora murch | |
1 choy qoshiq zira | |
1 choy qoshiq achchiq qizil qalampir kukuni | |
4 osh qoshiq "Milter" o'simlik yog'i | |
Surtish uchun |
|
200 gramm «Milter» margarini | |
100 gramm dumba yog'i | |
2 ta tuxum oqi | |
2 ta tuxum sarig'i | |
30 gramm kunjut |
Xamir tayyorlaymiz
Tuzni suvda eritamiz. Unni chuqur idishga elab, barcha suyuq masalliqlarni qo'shamiz.
Xamir quyuqlashganda, uni stolga olib va xamir qoramiz. U silliq va elastik bo'lishi kerak. Dumaloq shaklga keltirib, plyonkaga o'rab, stolda 30 daqiqaga qoldiramiz.
Xamirni to'rtta teng qismga bo'lib, ularga yumaloq shakl beramiz. Yana 20 daqiqaga qoldiramiz.
Mikroto'lqinli pechda margarinni eritamiz. Dumba yog'ini to'rtburchak shaklida kesib, o'rtacha olovda tovada eritamiz. Dumba yog'ining erimagan qismlarini olib tashlaymiz. Eritilgan margarinni eritilgan dumba yog'i bilan birlashtiramiz.
Har bir dumaloqchani 2 mm qalinlikda yoyamiz va eritilgan yog'lar aralashmasini surtamiz.
Yog' qatishini kutamiz, va keyin xamirning keyingi qatlamini ustiga qo'yamiz. Ushbu qadamlarni xamirning qolgan qatlamlari bilan takrorlaymiz.
Yog' qatlami qotib qolgandan so'ng, xamirni rulet shaklida aylantirib, 30-40 daqiqaga muzlatgichga qo'yamiz.
Nachinka tayyorlaymiz
Go'sht va piyozni mayda to'g'raymiz. Ularni chuqur idishda aralashtirib, ziravorlar va o'simlik yog'i qo'shamiz.
Pechni maksimal haroratgacha (250-270 ° C) qizdiramiz. Pech patnisini aylantirib, 20-25 daqiqaga qizdirish uchun pechga qo'yamiz.
Sovutilgan xamirni 1,5 sm qalinlikdagi bo'laklarga kesib olamiz. Diametri 10-12 sm bo'lgan doira shaklida yoyamiz.
Xamir o'rtasiga nachinkani solib, "tomchi" shaklida o'raymiz.
Samsaning orqa tomoniga tuxum oqi surtamiz, va qaynoq pech patnisiga yopishtiramiz. Somsa ustiga tuxum sarig'i surtib, kunjut sepamiz.
200C gacha qizdirilgan pechga 15 daqiqaga qo'yamiz. Keyin patnisni pastdan tepaga aylantirib, yana 25 daqiqa davomida qizartirib pishiramiz.
Pech ichidagi panjara ustiga folga solib qo'ysangiz, somsadan oqayotgan suv uni ustida qoladi.
Tayyor somsani issiqligida dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Reklama huquqi asosida..
Instagram: @milter.uz
Telegram: t.me/milter_uz
YouTube: Milter/Uzbekistan
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
500 gramm un | |
1 osh qoshiq tuz | |
250 millilitr suv | |
1 osh qoshiq "Milter" o'simlik yog'i | |
Nachinka uchun |
|
400 gramm qo'y yoki mol g'shti | |
3 ta piyoz | |
2 choy qoshiq tuz | |
2 choy qoshiq qora murch | |
1 choy qoshiq zira | |
1 choy qoshiq achchiq qizil qalampir kukuni | |
4 osh qoshiq "Milter" o'simlik yog'i | |
Surtish uchun |
|
200 gramm «Milter» margarini | |
100 gramm dumba yog'i | |
2 ta tuxum oqi | |
2 ta tuxum sarig'i | |
30 gramm kunjut |